“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tuman va şaharlarda yangi yaşil hududlarni yaratiş haqida petitsiya joylaştirildi.

Toşkent şahrida aholining mazmunli hordiq çiqarişi va şaharning ekologik holatini yaxşilaş maqsadida şaharning har bir tumanida yangi, attraksionlarsiz kamida 2 000 ta daraxtga ega boğ yoki xiyobon barpo etiş taklif qilingan. 

“Uşbu boğ va xiyobonlarni qulay örindiqlar, velosiped yölakçalari va fontanlar bilan boyitişni taklif qilaman. Uşbu loyiha şahrimiz aholisini böş vaqtini tabiat bağrida maroqli ötkazişi, dam olişlari va şahardagi havoning yanada tozalanişiga katta hissa qöşadi. 

Bunda, uşbu boğ va xiyobonlarning kamida bittasini namunaviy tarzda qolganlaridan ança katta qilib, kamida 20 000 daraxt ekilsa, şahrimizning eng ajoyib, sölim joylaridan biriga aylangan bölar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, şahar va tuman hokimliklari loyiha uçun yer va mablağ ajratib, har bir tumanda yangi yaşil hudud yaratiş taklif etilgan.