«Özbekkino» milliy agentligi axborot xizmati xabariga köra, köp qismli film Turkiyaning «Bözdağ film» studiyasi tomonidan suratga olinmoqda. Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat böladi. Uning rejissyori – Mehmet Bözdağ, ssenariy muallifi – Nazar Eşonqul. 

Hozirda Turkiyaning Oqsaroy viloyati hududida suratga olinayotgan serial uçun maxsus tarixiy dekoratsiyalardan iborat pavilon qurilgan. Serialda boş qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. 

Şuningdek, filmda özbekistonlik aktyorlardan Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxöja Rasulov,  Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra'no Şodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabova ham rol ijro etişi kutilmoqda. 

Jaloladdin Manguberdi ibn Muhammad 1199 yilda Xorazmda tuğilgan. 1221 yilda otasi Xorazmşoh A'loiddin Muhammad II vafotidan keyin taxtga ötirgan. Köp yillar davomida Çingizxon jangçilariga qarşi muvaffaqiyatli kuraşgan. Ammo möğullarga qarşi yagona umumiy front taşkil etolmasdan, Kurdiston toğlarida 1231 yilda öldirilgan.