46 yoşli afroamerikalik Jorj Floyd 25 may kuni Minneapolis şahrida şafqatsizlik qurboni bölgan edi – politsiyaçi qölga oliş çoğida böynini tizzasi bilan bosib böğib uni öldirib qöygan. Floyd politsiyaçilarni klaustrofobiyasi (yopiq joydan qörqiş) borligi haqida ogohlantirgan. Ulardan özini öldirmasliklarini söragan va politsiyaçi tizzasi bilan böynidan bosib turgan paytda bir neça martda nafas ololmayotganini aytgan. Hodisa detallarigaça aks etgan video Britaniyaning Daily Mail naşri tomonidan duşanba kuni e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, Daily Mail tomonidan jamoatçilikka namoyiş etilgan lavhalar Jorj Floydni qölga olişda iştirok etgan politsiyaçilardan birining bodi-kamerasi tomonidan yozib olingan videoni bir qismi xolos. Mazkur videoyozuvlar allaqaçon sudga taqdim etilgan, biroq hozirgaça ommaviy axborot vositalari faqat hodisa iştirokçilarining suhbatlarinigina qölga kirita olişgan edi.
Sudmedekspertiza: Jorj Floydning ölimi qotillik tufayli röy bergan
Bundan taşqari, 25 maydagi hodisadan söng ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar tomonidan olingan marhum hayotining sönggi daqiqalari aks etgan videolar tarqab ketgandi. Biroq uşbu videotasvirlarda voqeaning sönggi qismi –politsiyaçi Derek Şovin yerda yotgan şaxsni tizzasi orqali böynidan böğiş uslubini qöllayotgan, Jorj esa nafas ololmayotganini aytayotgan jarayon aks etgan.
AQŞda «Afsona» operatsiyasi: «Noma'lum askarlar» namoyişlarni tinçitmoqda
Daily Mail tomonidan e'lon qilingan ikkita videolavhaning umumiy davomiyligi taxminan 26 daqiqani taşkil etadi. Uşbu kadrlarda politsiyaçilardan biri – Tomas Leyn Floydga töpponça öqtalib, maşinadan çiqişni talab qilayotgani körinadi.
Keyinroq Floyd uni politsiya maşinasiga ötirğizmoqçi bölişganda qarşilik körsatişga urinadi va özining harakatlarini klaustrofobiyasi borligi bilan izohlaydi. Ikkinçi videoyozuvning sönggida Derek Şovin Floyd unga ölayotgani aytganiga qaramasdan tizzasi bilan uning böynidan bir neça daqiqa davomida bosib turgani körinadi.


















