Karantin davrida ko‘pchilikda shu kabi holatlar paydo bo‘lgani sir emas. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: insonlar o‘zida kechayotgan bunday xavotirlarni qanday yo‘qotishi mumkin va bu borada qanday mashqlar foydali?
Keling, o‘zimizdagi salbiy holatlarni boshqarishga yordam beradigan quyidagi qoidalar bilan tanishamiz.
1. Nimadan tashvishlanayotganingizni anglashga harakat qiling.
Har bir insonda stress turlicha namoyon bo‘ladi: kimdir muammoni e'tiborsiz qoldirishga harakat qiladi, kimdir aksincha, unga e'tibor beradi.
Ayrim insonlar uyqu bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan vaqtlarida diqqatni jamlash pasayishi kuzatiladi. Psixologiya sohasida nufuzli olim Aleksey Slobodchikov birinchi navbatda inson uchun nima qo‘rqinchli ekanligini aniqlashni maslahat beradi. Masalan, odam kasal bo‘lishdan yoki yaqinlarini himoya qila olmasligidan juda qo‘rqadi yoki ish vaqtini tejashni yo‘qotib qo‘yishdan xavotirga tushishi mumkin. Buning sababini bilganingizdan so‘ng, vaziyat sizni kamroq bezovta qilishi va barqaror bo‘lish uchun qanday yo‘l tutish kerakligini aniqlang.
«Harakatlar rejasini tuzing. U qanchalik batafsil bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Tuzgan rejangizni qog‘ozga yoki kompyuterga yozing yoki yodda saqlashga harakat qiling. Har kuni kamida bitta kichik qadamni qo‘yishdan boshlang. Maqsad sari intilish hissi sizni qo‘llab-quvvatlaydi va kelajakka ishonch uyg‘otadi», – deydi psixolog.
2. Ijobiy natijalarni qidiring.
Ayni vaqtda hech narsani o‘zgartirishning iloji bo‘lmasa, psixologlar uni fakt sifatida qabul qilishni va undagi ijobiy jihatlarni topishga harakat qilishni maslahat beradi. Masalan, uyda o‘tirishga majbur bo‘lgan vaqtda o‘zini o‘zi rivojlantirish usullaridan foydalanish mumkin: onlayn kurslar yoki qo‘shimcha ma'lumot olish uchun ko‘proq o‘qish.
3. Stress qo‘zg‘atuvchilarini yo‘qotishga harakat qiling.
Psixologlarning tavsiyasiga ko‘ra, asabiylashtiradigan narsalar haqida kamroq o‘ylash kerak. Masalan, siz har kuni koronavirus haqidagi yangiliklarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, unga oid yangiliklarni kamroq kuzatishga harakat qilishingiz mumkin. «Vaziyatdan xabardor bo‘lish uchun kuniga bir yoki ikkita ishonchli yangiliklar manbasini qoldiring va shu orqali so‘nggi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qiling.
Yoki sizda har daqiqada vahima hissini yuzaga keltiradigan ijtimoiy media tasmasi bormi? Bunday holatlarda ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishni cheklang, smartfoningizga keladigan kunlik xabarlarni o‘chirib qo‘ying», – deydi mutaxassislar. Shuningdek, maksimal konsentratsiyani talab qiladigan har qanday faoliyat insonning turli qo‘zg‘atuvchilardan xalos bo‘lishiga yordam beradi.















