Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«2020 yil yakunigacha respublikada anklav hududlar muammosi hal etiladi» – qo‘mita raisi
Oliy Majlis Senatining 6-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi qonun muhokamaga qo‘yildi.
Senator Farhod Boqiyev qonunda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi.
«O‘zbekistonda ayni damda ma'muriy-hududiy tuzilish, tuman va shahar hududlarining chegarasini belgilash bo‘yicha muammolar ko‘p. «O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi qonun 1996 yilda qabul qilingan bo‘lib, u 31 moddadan iborat edi va shundan 15ta modda amalda o‘z kuchini yo‘qotgan.
Amaldagi qonunda respublikada ma'muriy-hududiy tuzilish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari va vazifalari belgilanmagan, ma'muriy-hududiy tuzilishga doir qaror qabul qilish uchun zarur hujjatlar mavjud emas, ma'muriy-hududiy chegaralarni joyida belgilash mexanizmi yo‘q», dedi u.
Senator O‘zbekistonning 6ta viloyatida 15ta tuman va shaharlarda jami 350 ming gektardan ortiq anklav hududlar mavjudligini aytib o‘tdi.
Yangi qonunda:
– ma'muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilishda davlat organlarining vakolatlari va vazifalari aniq ko‘rsatilgan;
– O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuzilish masalari bo‘yicha davlat ekspertizasidan o‘tkazish, mazkur masalalarda maxsus komissiyalar tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish huquqiy normalar asosida belgilangan;
– ma'muriy-hududiy chegaralarni joyida belgilashning huquqiy asoslari ketirilgan;
– ma'muriy tuzilish sohasidagi asosiy prinsip va tushunchalar alohida modda sifatida kiritilgan.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi raisi Xalilulloh To‘raxo‘jayevning ma'lum qilishicha, respublikadagi yer hisobi, yer resurslari holati to‘g‘risida yillik hisobot berib boriladigan milliy geoportal ishga tushiriladi.
«2020 yilning oxiriga qadar anklav hududlar muammosi hal qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, bitta mahallaga biriktiriladigan xonadonlar soni, mahallalarni tashkil etishda davlat budjetidan mablag‘ ajratish masalasi ham ko‘rib chiqiladi», deya To‘raxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mazkur qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026