Bugun, 7 avgust kuni AOKAda OTMlarga qabul imtihonlari yuzassidan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda test kunida koronavirusdan davolanayotgan abituriyentlar böyiça savolga javob berildi.

Davlat test markazi direktori örinbosari Sardor Rajabovning ta'kidlaşiça, test sinovlarida iştirok etiş uçun kelgan abituriyentning tana harorati yuqori bölsa, bunday abituriyentlar uçun kiriş imtihonlari töliq yakunlangaç, 4 kundan söng alohida test sinovlari taşkillaştirib beriladi.

«Bu tartib testga kelgan abituriyentlar orasidan holati yomonlarini ajratib olib, ular uçun keyinroq imtihon taşkillaştirib berilişini nazarda tutadi. Lekin qanaqadir uzrli sabab bilan testga kela olmasa, ularning holati va soni örganib çiqilib, Davlat qabul komissiyasiga bu böyiça taklif beriladi. Bunda abituriyent kasal bölgani va uzrli sababga köra testga kela olmagani haqida tegişli hujjatni taqdim etişi kerak böladi», – dedi Sardor Rajabov.

DTM boşqarma boşliği Diyorbek Qöçqorovning aytişiça, testga kelmagan abituriyentlar imtihonda qatnaşa olmaydi.

«Qandaydir sabablarga köra test sinovlariga umuman kelmagan abituriyentlar uçun alohida qoidalar belgilanmagan. Bunday abituriyentlar keyingi yilgi imtihonlarda iştirok etişi mumkin.

Imtihonga kelgan paytda abituriyentning koronavirusga çalingani aniqlansa va unga koronavirusga çalingani töğrisida xulosa berilsa, bu abituriyentning imtihonga qöyilmasligi uçun asos böladi. Kasallangan abituriyentlar şu yilgi imtihonlarga qöyilmaydi, ular keyingi yilgi imtihonlarga kiritiladi», – dedi Diyorbek Qöçqorov.

Kun.uz muxbiri masalaga aniqlik kiritiş maqsadida DTM matbuot xizmati bilan boğlanib, «Koronavirusdan davolanayotgan abituriyent imtihon kunida nima qilişi kerak: uyda qolsinmi yo imtihonga borişi kerakmi?» degan savol bilan murojaat qildi.

«Amaldagi tartibga köra, imtihonga kela olmagan, lekin koronavirusdan davolanayotgan abituriyentlar qayta taşkillaştiriladigan imtihonga kiritilmaydi. Lekin imtihonga kelgan vaqtda tana harorati yuqori bölgan yoki koronavirusga çalingani aniqlangan abituriyentlarda test yakuniga qadar tuzalgani töğrisida asosi bölsa, ular keyinçalik taşkillaştiriladigan imtihonda iştirok etiş imkoniga ega böladi. Çunki bu abituriyentlar soğlom va ularni imtihonga kiritmaslikka heç qanday asos yöq», – deya izoh berdi DTM vakili Jamşidbek Odilov.

Katta ehtimol bilan, mazkur masalada hozirça bir qarorga kelinmagan va masalaga Davlat qabul komissiyasi qarori bilan yeçim topilişi maqsadga muvofiq.