Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlari bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oşiriş jarayonlarini taşkil etiş tartibi töğrisida”gi hamda “Oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida işga qabul qiliş tartibi töğrisida”gi nizomlarga asosan, çuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatga ega bölgan, oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlari uçun qöyilgan malaka talablariga (oxirgi 3 yilda pedagogik malaka oşiriş va qayta tayyorlaşdan ötgan) hamda ilmiy daraja va unvonga ega (şu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy darajalariga ega) pedagog kadrlar quyidagi fanlar böyiça Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasining professor-öqituvçi lavozimlariga tanlov asosida işga taklif qilinmoqda:
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (mantiq, sotsiologiya, dinşunoslik, iqtisod);
jinoiy-huquq fanlari va kriminalistika (kriminalistika, xalqaro huquq);
davlat huquqi va umumiy huquq fanlari;
xorijiy tillar (arab tili, dariy tili, turk tili, urdu tili, puştu tili, fors tili, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, rus tili).
Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasida işlaşni xohlovçi, yuqorida körsatilgan talablarga javob beruvçi pedagog kadrlar 2020 yilning 20 avgustiga qadar DXX Akademiyasiga (Toşkent şahar, Mirobod tumani, Taras Şevçenko köçasi, 20-uy) yoki 71-252-92-30 telefoniga murojaat qilişlari mumkin.
Tanlovda qatnaşişni xohlovçilar taqdim etadilar:
1. Akademiya boşliği nomiga ariza;
2. Sörovnoma (ma'lumotnoma, obektivka, tarjimai hol), 4 dona 3x4 hajmdagi rangli fotosurat;
3. Oliy ma'lumot töğrisidagi hamda ilmiy daraja va unvon böyiça diplomlar nusxasi;
4. Malaka oşiriş kurslarida öqiganligi haqida (xorijiy tillar böyiça pedagog kadrlar til biliş darajasi töğrisida) guvohnoma;
5. Mehnat daftarçasi nusxasi.
















