Xabar qilinişiça, Yuqori Çirçiq tumani Örtasaroy karantin şaharçasida xizmat olib borayotgan viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan, karantin şaharçasining quriliş hududida yolmanma xizmatçi bölib işlovçi 25 yoşli T.A. nazorat ötiş joyida belgilangan tartibda közdan keçirilganda, uning yonidan qoğozga öralgan, (ekspertiza xulosasiga köra) oğirligi 2,83 gr marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar iştirokida daliliy aşyo sifatida olingan.
Holat yuzasidan Yuqori Çirçiq tumani IIB TB tomonidan T.A.ga nisbatan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uçun, JKning 276-moddasi 1-qismi – giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay, qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, egallaş, taşiş yoki jönatişni nazarda tutadi.
Uşbu jinoyat BHMning 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

















