Bugun, 12 avgust kuni Andijon viloyati hokimi örinbosari Ötkirbek Şukurov hamda viloyat moliya, soğliqni saqlaş, sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazi boşliqlari Andijon şahar SEOM xodimlari bilan uçraşdi.






Viloyat hokimi örinbosari murojaatçi xodimlarning arzlarini tinglab, muammoli holatni hal etiş yuzasidan moliya, soğliqni saqlaş mutasaddilari bilan vaziyatni tahlil qildi. Viloyat hokimligi moliya boş boşqarmasi boşliği Sardorbek Rahmonov, viloyat SEOM rahbari Dilmurod Nabiyev murojaatçilarning tomonidan berilgan savollariga javob berişdi.
Kun.uz muxbiri uçraşuvdan söng viloyat moliya boşqarmasi boşliği örinbosari Dilyorbek Rasulovdan Andijon şahar SOEM xodimlarining muammosi qaçon hal bölişini söragan.

«Ayni paytgaça Andijon SEOM xodimlariga bizdagi mavjud hujjatlarga asosan 6 foizli qöşimça haqlarni tölab kelmoqdamiz. Xodimlarga maxsus rağbatlantiruvçi tölovni beriş böyiça yuqori turuvçi taşkilotdan zarur körsatmalar kelişi kutilmoqda», degan mutasaddi.
Eslatib ötamiz, 11 avgust kuni Kun.uz saytida «Andijon şahar SEOM xodimlariga bir neça oydan beri mukofot puli berilmayapti. Moliya bölimi nimani kutmoqda?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Unda Andijon şahar SEOMning koronavirus virusini aniqlaş böyiça, iş joyi va şahar içiga çiqib test tahlillari olayotgan 3 nafar şifokori va 7 nafar laboranti şu kungaça prezident qaroriga muvofiq berilişi közda tutilgan maxsus rağbatlantiruvçi tölov tölanmayotgani muammosi keltirilgandi.















