“Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning buyruğiga asosan Muzaffar Fayziyev Tijorat departamenti boşliği etib tayinlandi.

Muzaffar Fayziyev şu kunga qadar “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Neftni qayta işlaş, neft-kimyo, neft mahsulotlarini saqlaş va transportirovka qiliş departamenti boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

U Hisob palatasi, Qişloq va suv xöjaligi vazirining qişloqda iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça örinbosari, “Özneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyatida boşqaruvi raisi lavozimida ham işlagan, deyiladi “Özbekneftgaz” matbuot xizmati xabarida. 

Bundan taşqari, “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning buyruğiga asosan Xuşnudjon Mahmudov Neftni qayta işlaş, neft-kimyo, neft mahsulotlarini saqlaş va transportirovka qiliş departamenti boşliği etib tayinlandi.

Xuşnudjon Mahmudov şu kunga qadar “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Iqtisod va rejalaştiriş departamenti boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

U Turkiyaning Özbekistondagi xorijiy kompaniyasi va Çexiya davlati bilan hamkorlikdagi qöşma korxonada biznesni rivojlantiriş böyiça menejyeri bölib ham işlagan.

Mehriddin Abdullayevning yana bir buyruğiga asosan Javohirbek Anvarov Iqtisod va rejalaştiriş departamenti boşliği etib tayinlandi.

Javohirbek Anvarov şu kunga qadar “Özbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati Biznes rejalaştiriş va iqtisodiy tahlil bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Şuningdek, u Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi “Loyiha va import şartnomalarni majmuaviy ekspertiza markazi”, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlantiriş vazirligi qoşidagi “Loyiha va import şartnomalarni majmuaviy ekspertiza markazi”da turli lavozimlarda işlagan.

«Özbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ