Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, Özbekistonda 17 avgustdan diniy taşkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Şu bilan birgalikda, masjidlarda hozirça juma namozlari öqilmasligi haqida Kun.uz xabar qilgan edi.
Komissiya axborotida «17 avgustdan diniy taşkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya işlarini amalga oşiriş hamda qat'iy ijtimoiy masofani saqlaş çeklovlariga rioya etilişini ta'minlagan holda) ruxsat beriladi. Bunda, diniy taşkilotlarda juma va şanba-yakşanbalik diniy xizmatlarni vaqtinçalik amalga oşirmaslik talab etiladi», - deya ta'kidlangandi.
Yuqoridagi matnda qayd etilgan «juma, şanba va yakşanbalik diniy xizmatlar» degan qismi aholining ayrim qatlamida tuşunmovçilikka sabab böldi hamda ularda «juma, şanba va yakşanba kunlari masjidlar işlamas ekan, boşqa kunlari işlar ekan» degan savollar paydo böldi.
Şu munosabat bilan, Özbekiston Musulmonlari idorasi uşbu anglaşilmovçilikka oydinlik kirituvçi bayonotini e'lon qildi.
Unda ta'kidlanişiça, «2020 yil 17 avgust kuni bomdod namozidan boşlab, yurtimizdagi barça 2070ta jome masjidi eşiklari mömin-musulmonlarga oçiladi.
Ta'kidlaymizki, ayrim sayt va ijtimoiy tarmoqlarda masjidlar haftada tört kun işlaydi, juma, şanba va yakşanba kunlari esa faoliyat körsatmasligi haqidagi xabarlar anglaşilmovçilik oqibatidir.
Masjidlar haftada har kuni öz iş faoliyatini olib boradi, faqat juma namozi epidemiologik vaziyat barqarorlaşgunga qadar vaqtinça ado etilmay turadi. Duoyu-tazarrularda bardavom bölib tursak, bu fayzli ibodatga ham Alloh taolo nasib etadi», - deyiladi munosabatda.
Bundan taşqari, Komissiya qarorida şanba va yakşanba kungi diniy xizmatlarga alohida qayd etilganining sababi şundaki, odatda, haftaning şu kunlarida Özbekistondagi çerkovlar va sinagoglarda ham diniy jamoatlar töplangan holda diniy ibodatlar amalga oşiriladi. Qaror bilan hozirça uşbu jamoaviy ibodatlar ham ötkazilmasligi ma'lum qilingan.


















