Şu masala yuzasidan izoh oliş uçun soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Şohrux Şorahmedov bilan suhbatlaşdik.
– Şohrux Şoturğunoviç, umuman e'tirozlar nima sababdan kelib çiqmoqda, nahotki rağbatlantiruvçi toifalar aniq belgilab olinmagan bölsa?
– Aslida hammasi aniq, heç qanday e'tirozga ham örin yöq. Davlat rahbari farmoni va qarorida ham, Vazirlar Mahkamasining unga asoslangan qarorida ham koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşda aynan qaysi toifa xodimlar rağbatlantirilişi aniq körsatib ötilgan. SEOM xodimlari, maxsus şifoxonalardagi xodimlar va tez tibbiy yordam brigadalarini alohida rağbatlantiriş közda tutilgan.

Masalan, köpçilik tizim xodimlari özlarining iş jarayonida 25 mln, 15 mln, 10 mln söm kabi yirik mablağlar olişni xohlaydi. Ammo bu mablağlar faqat COVID-19'ni davolaşga ixtisoslaşgan maxsus klinikalar xodimlariga beriladi. Yoki koronavirus infeksiyasini aniqlaş laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari şu jumlasidan.
Ayrim oilaviy poliklinikalar şifokorlari ham «biz ham koronavirusga qarşi kuraşayapmiz-ku, COVID-19'ga duç kelyapmiz-ku, nega bizga mukofot berilmaydi?» – deya e'tiroz bildirişadi. Biz albatta barça tibbiyot xodimlarni hurmat qilamiz. Ammo xohlasak ham bu mablağlarni bera olmaymiz. Çunki poliklinikalar va reanimatsiya bölimlarida uzluksiz nazoratda yotadigan oğir bemorlar mavjud klinikalarni taqqoslab bölmaydi. Zararlaniş tavakkalçiligi keskin farq qiladi.
– Bu tölovlar keçikişi bilan boğliq muammolar ham kuzatildi.
– Çindan ham, jarayonning boşida ozgina keçikişlar, noaniqliklar böldi. Ammo hozir bularning bari bartaraf qilingan. Barça xodimlar özlariga belgilangan tölovlarni olmoqdalar. Buning uçun Respublika maxsus komissiya nazorati ostida SSV, Moliya vazirligi, Markaziy bank hamjihatlikda muntazam işlayapti. Sababi, köp joylarda naqd pullar ham berilyapti, bu milliardlab mablağlarni anglatadi, şuning uçun banklarning ham örni muhim.

Şu örinda bir narsani aytib ötmoqçiman, 15 mln, 25 mln sömlik rağbatlantiruvçi pullarni olişmasa-da, koronavirusga qarşi kuraşiş tadbirlarda qatnaşayotgan SEOM xodimlari ham kunlik 6 foizli ustamalarni muntazam olişyapti. Aytaylik, maoşi 2 mln söm bölgan xodimga bir kunlik 120 ming söm qöşiladi, ya'ni oyiga 20 kun işlasa, qöşimça 2,4 mln söm oladi.

















