BT davlat telekanalining yetakçi muxbiri Aleksandr Luçonok işdan ketganini aytib, ta'sirli post qoldirdi: «Ekranning narigi tomonida turganlar, men ortiq jim tura olmayman. Menimça, TVda berilayotgan har qanday ma'lumot muharrir va ideologlar tomonidan bir neça marta öqilayotganidan xabardorsiz. Asosiy maqsad – mamlakatdagi «turğunlik holati»ni odamlardan yaşiriş. Har bir efir öylangan qadam», degan jurnalist.

Aleksandr Luçonok (Foto: casper_estonia/instagram)

Luçonok namoyişçilarning fikrini bilişni taklif qilgan. Uning aytişiça, köçada köpçilik bir xil fikrda: «Namoyişçilar orasida «qöğirçoqlar» bormi? Buni biliş uçun köçaga çiqib, odamlarga savol bering. Ular deyarli bir xil gapni aytişadi. Şaxsan men qiziqib kördim. Hammasida Ğarbni ayblaş esa mağlubiyatni tan olişdan boşqa narsa emas».

BT jurnalisti ötgan yil Ukrainadagi saylovlarni eslab, mamlakatdagi holatni qöşni davlatdagi vaziyat bilan soliştirgan: «Keling, ötgan yil bahorda Ukrainada bölgan saylovlarni eslaylik. Unda hozirgi prezident Vladimir Zelenskiy ğalaba qozondi va mamlakatda haqiqiy bayram bölgandi. Bizda ham hozir davlat naşrlarida xuddi şunday yozişmoqda. Unda nega «milliy bayramni nişonlayotgan» xalqning bayramini buzyapsiz?

Odamlarni aldaşni bas qilinglar. Jamiyat ösdi, jamiyat savodli böldi. Yaltoqlanayotgan jurnalistlar, sölagingizni arting-da, tişingizning oqini körsatib, akillaşda davom etavering. Ammo Xatiko haqida voqeani unutmang. Heç birimiz abadiy emasmiz, siz yangi xöjayin topişingizga işoniş qiyin», deb yozgan BT telekanali muxbiri.

Davlat propagandasi bilan şuğullanuvçi «Belarus 1» telekanalining yana bir jurnalisti Yevgeniy Perlin birinçilardan bölib işdan ketganini ma'lum qilgandi: «Mening mamlakatimda şunçaki *****!!! sodir bölmoqda. Etika böyiça ekspert bölaturib şuni aytyapman! Belaruslar, sabrli böling. Siz baxtli bölişga va tirik qolişga haqlisiz. Harbiylar, bas qiling!», deb yozgan u Instagramdagi sahifasida.