Yarim finalning 4 ishtirokchisi aniq: Ikki jamoa Germaniyadan, ikkisi Fransiyadan
Chempionlar ligasining pley-off bosqichi bu mavsum «Sakkiz jamoa finali» formatida Lissabondagi ikki stadionda o‘tkazildi. Navbatda - yarim final o‘yinlari.
Chorak final bahslari faqat bir uchrashuvdan iborat bo‘ldi va bu bosqich kutilmagan voqealarga boy bo‘ldi.
Dastlab «PSJ» debyutant «Atalanta»ga qarshi o‘yinning 90 daqiqasi davomida hisobda ortda borib, qo‘shimcha daqiqalardagi kambek evaziga g‘alaba qozondi (2:1).
Keyin turnir favoritlaridan biri sifatida qaralgan «Atletiko» bu bosqichda ilk marta o‘ynagan «Leypsig»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.
Uchinchi juftlikda esa «Barselona» «Bavariya»dan 8ta gol qabul qilib oldi - 2:8.
Bu bosqichning so‘nggi uchrashuvida ham kutilmagan natija qayd etildi - avvalgi bosqichda «Yuventus»ni qoldirib ketgan «Lion» jamoasi turnirning yana bir favoriti «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi (3:1). Xosep Gvardiola boshqaruvidagi «shaharliklar» qatorasiga to‘rtinchi mavsum yarim final ostonasida to‘xtashga majbur bo‘ldi.
«Atalanta» (Italiya) — «PSJ» (Fransiya) — 1:2 (1:0)
Gollar: Pashalich, 27 (1:0). Shupo-Moting, 90 (1:1). Markinyus, 90 (1:2).
«Atalanta» (Bergamo): Sportello, Xatebur, Toloy, Kaldara, Jimsiti (Palomino, 60), Gozens (Kastan, 82), de Ron, Pashalich (Muriel, 70), Froyler, Gomes (Malinovskiy, 59), Sapata (Da Riva, 82).
«PSJ» (Parij): Navas (Riko, 79), Tiagu Silva, Bernat, Markinyus, Kimpembe, Kerer, Errera (Paredes, 72), Gey (Draksler, 73), Sarabiya (Mbappe, 60), Neymar, Ikardi (Shupo-Moting, 80).
Ogohlantirishlar: Jimsiti, 37. Froyler, 45+1. de Ron, 50. Sapata, 53. Bernat, 54. Errera, 57. Toloy, 67. Paredes, 75. Palomino, 85.
Hakam: Teylor (Angliya).
12 avgust. Lissabon. «Da Lush» stadioni.
«RB Leypsig» (Germaniya) — «Atletiko» (Ispaniya) — 2:1 (0:0)
Gollar: Olmo, 50 (1:0). Joau Feliks, 71 — s penalti (1:1). Adams, 88 (2:1).
«RB Leypsig»: Gulachi, Halstenberg, Klostermann, Upamekano, Anxelino, Kampl, Zabitser (Mukele, 90+2), Laymer, Nkunku (Aydara, 83), Olmo (Shik, 83), Poulsen (Adams, 72).
«Atletiko» (Madrid): Oblak, Savich, Tripper, Ximenes, Lodi, Koke (Felipe, 90+2), Saul, Errera (Joau Feliks, 58), Lorente, Diyegu Kosta (Morata, 72), Ferreyra-Karrasko.
Ogohlantirishlar: Lodi, 62. Klostermann, 70. Kampl, 82. Aydara, 87. Ximenes, 90+6.
Hakam: Marchinyak (Polsha).
13 avgust. Lissabon. «Joze Alvalade» stadioni.
«Barselona» (Ispaniya) — «Bavariya» (Germaniya) — 2:8 (1:4)
Gollar: Myuller, 4 (0:1). Alaba, 7 — v svoi vorota (1:1). Perishich, 21 (1:2). Gnabri, 28 (1:3). Myuller, 31 (1:4). Suares, 57 (2:4). Kimmix, 63 (2:5). Levandovski, 82 (2:6). Koutinyu, 85 (2:7). Koutinyu, 89 (2:8).
«Barselona»: ter Shtegen, Semedu, Pike, Langle, Jordi Alba, Serji Roberto (Grizmann, 46), de Yong, Buskets (Fati, 70), Vidal, Messi, Suares.
«Bavariya» (Myunxen): Noyyer, Kimmix, Boateng (Zyule, 76), Alaba, Deyvis (Ernandez, 84), Gnabri (Koutinyu, 75), Tiagu Alkantara, Goretska (Tolisso, 84), Myuller, Perishich (Koman, 67), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Boateng, 42. Deyvis, 51. Suares, 54. Jordi Alba, 60. Kimmix, 85. Vidal, 90+2.
14 avgust. Lissabon. «Da Lush» stadioni.
«Manchester Siti» (Angliya) — «Lion» (Fransiya) — 1:3 (0:1)
Gollar: Korne, 24 (0:1). De Breyne, 69 (1:1). Dembele, 79 (1:2). Dembele, 87 (1:3).
«Manchester Siti»: Ederson, Uoker, Lyaport, Joau Kanselu, Garsiya, Fernandinyu (Maxrez, 56), Gyundogan, De Breyne, Ernandes (Silva, 84), Sterling, Gabriel Jyezus.
«Lion»: Antoni Lopesh, Marselu, Denayyer, Dyubua (Tete, 74), Marsal, Auar, Kakere, Gimarayns (Tiagu Mendes, 70), Depay (Dembele, 75), Korne, Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 87).
Ogohlantirishlar: Dyubua, 12. Fernandinyu, 29. Ernandes, 58. Marselu, 64.
Hakam: Makkeli (Gollandiya).
15 avgust. Lissabon. «Joze Alvalade» stadioni.
Endi turnirda yana ikki uchrashuv qoldi.
18 avgust kuni «PSJ» «Leypsig» bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. 19 avgust kuni esa «Bavariya» va «Lion» o‘rtasida Lissabonda bir uchrashuvdan iborat yarim final o‘tkaziladi.
Final 23 avgust kuniga belgilangan.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi

13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?

10:25 / 30.04.2025