Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» YeChLni tark etdi
Foto: Twitter/ChampionsLeague
Chempionlar Ligasida yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisi aniqlandi.
1/8 finalda «Yuventus»ni turnirdan chiqarib yuborgan «Lion» chorakfinalda Gvardiolaning «Manchester Siti»sini ham mag‘lub etishga erishdi. Korne va Dembelening (2ta) gollari fransuzlarni keyingi bosqichga olib chiqdi. «Shaharliklar»ning yagona javob to‘pini De Bryuyne kiritdi.
Shu tariqa turnirning birinchi yarimfinalida 18 avgust kuni «PSJ» «Leypsig»ga qarshi, ikkinchi yarimfinalda 19 avgust kuni «Lion» «Bavariya» bilan to‘qnash keladi.
YeChL, bir o‘yindan iborat chorakfinal
Manchester Siti – Lion 1:3
15 avgust, «Joze Alvalade»
Gollar: De Bryuyne (69) – Korne (24), Dembele (79, 87).
Manchester Siti: Ederson, Kanselu, Uoker, Laport, Erik Garsiya, Fernandino (Mahrez, 56), Rodri (David Silva, 84), de Bryuyne, Gyundogan, Sterling, Gabriel Jyezus.
Lion: Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Denayyer, Dyubua (Tete, 74), Kakre, Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 70), Auar, Korne, Toko-Ekambi (Reyne, 87), Depay (Dembele, 75).
Ogohlantirishlar: Dyubua (12), Fernandino (29), Rodri (58), Marselo (64).
Mavzuga oid
12:33 / 02.02.2026
«MYu»da kambek, «Siti» darvozasiga yil goli, «Real» amalladi. Kun o‘yinlari
13:37 / 29.01.2026
Lissabonda drama. Darvozabon «Real»ga gol urib, jamoasini pley-offga olib chiqdi
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
12:10 / 25.01.2026