Hindiston koinot taşkiloti (ISRO) va Hindiston fanlar instituti (IISc) olimlari Oy tuproğidan ğişt tayyorlaş usulini işlab çiqişdi. Bunday ğiştlarni Oyda odamlar yaşaşi uçun yaroqli bölgan binolarni qurişda qöllaş mumkin, deb xabar berilgan IISc saytida.
Bunday ğiştlarga bakteriyalar va nöxat daraxti hosillaridan tayyorlanadigan quyultiruvçi modda – guar kamedi qöşiladi.
Bugungi kunda Yerdan Oyga bir kilogramm yukni yuboriş narxi 20 ming dollarga yaqinni taşkil qilgan bir paytda, hind olimlari taklif qilgan usul Oyda binolar qurilişi sarf-xarajatlarini ança kamaytirişga imkon beradi. “Oy” ğiştlarini olişda, şuningdek, inson siydigidan olinadigan moçevina qöllanadi. Sporosarcina pasteurii bakteriyasi kalsiy va moçevinadan foydalanib, kalsiy karbonati kristallari hosil qiladi. Olimlar uşbu bakteriyalarni Oy tuproği nusxasi bilan qoriştirişgan va unga birlaştiruvçi komponent sifatida guar kamedini qöşişgan. Şundan keyin qorişma bir neça kun inkubatorda qoldirilgan.
Natijada ançagina pişiq va şu bilan birga tokarlik stanogida istalgan şaklga keltiriş mumkin bölgan mahsulot hosil bölgan. Bu istalgan şakl va ölçamdagi briketlarni oliş imkonini beradi.
Aniqlanişiça, Hindistonda kalsiy karbonati hosil qila oladigan va bir neça marta arzonroq Bacillus velezensis bakteriyasi ham topilgan.
















