Içki işlar vaziri, general-leytenant Pölat Bobojonovning ÖzA muxbiri bilan suhbatda aytişiça, uşbu hukumat qarori prezidentning topşiriği böyiça, tizimda oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.

“Londonda joylaşgan Qamoqxonalarni tadqiq qiliş xalqaro markazi tomonidan 2019 yilda e'lon qilingan ma'lumotga köra, respublikamizda har 100 ming aholiga 150 nafar jazo ötayotgan şaxs töğri kelişi, tizimda 43,9 ming nafar şaxs saqlanayotganligi körsatilib, Özbekiston bu borada 222 davlat içida 105-örinni egallagan”, - dedi vazir.

Pölat Bobojonovning sözlariga köra, Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar, jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunçiligining liberallaştirilişi natijasida sönggi ön yillikda jazo muddatini ötayotgan şaxslar soni keskin qisqardi. Real holatga köra, bugungi kunda jazoni ijro etiş tizimidagi mahkumlar soni 22,9 ming nafarni taşkil etib, har 100 ming aholi soniga nisbatan 67 nafar şaxs töğri keladi.

“Uşbu ma'lumotlarning oçiqlanişi Özbekistonning mazkur röyxatdagi körsatkiçi 70 poğonaga yaxşilanişini körsatadi. Hozirda IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi tasarrufida 43 jazoni ijro etiş muassasasi va 11 tergov hibsxonasi mavjud. Muassasalarning 18 tasi yopiq turdagi koloniya va 25 tasi manzil-koloniya hisoblanadi. Jazoni ijro etiş tizimidagi koloniyalarning siğimiga nisbatan saqlanayotganlar körsatkiçi 56,4 foizni taşkil qilmoqda”, - dedi IIV rahbari.

Jazoni ijro etiş muassasalarining işlab çiqariş faoliyati, işlab çiqarilayotgan tovar mahsulotlari töğrisidagi ma'lumotlar ham bundan buyon rasmiy saytlarda e'lon qilib boriladi. Bundan taşqari, jazoni ijro etiş muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan şaxslar orasidagi ölim holatlari hamda tibbiy yösindagi majburlov çoralari qöllaniladigan şaxslar soni töğrisidagi ma'lumotlar ham endilikda maxfiy sanalmaydi.

“Şu örinda aytib ötiş kerakki, jazoni ijro etiş muassasalariga qaraşli korxonalarda 100 dan ortiq turdagi mahsulot işlab çiqarilmoqda. Mehnatga layoqatli mahkumlarning 80 foizga yaqini foydali mehnatga jalb etilgan. 2019 yil va joriy yilning ötgan davri davomida 3 ming 559 yangi iş örni yaratilib, 1 ming 352 nafar mahkum mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga öqitildi va ularga tegişli sertifikatlar berildi”, - dedi vazir.

Qayd etilişiça, 2020 yilning ötgan 7 oyi mobaynida şunday korxonalar tomonidan 100,4 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarildi. Işlayotgan har bir mahkumga örtaça 700-800 ming söm, ayrim mutaxassisliklar böyiça esa, 1,5-2 million sömgaça oylik maoş berilmoqda.