«Avtotransportdan foydalanişda qölqop kiyiş talab etiladi, sababi avtobus va metropolitenda sizdan oldin yoki yon atrofingizda kasallikni simptomlarsiz ötkazayotgan bemorlar bölişi mumkin. Bunday bemorlar kasallik tarqatuvçilari hisoblanişadi. Lekin qölqoplarni kun davomida taqib yuriş tavsiya etilmaydi, çunki qölqoplar sovun bilan yuvilganda yoki antiseptik vositalar bilan işlov berilganida töliq zararsizlanmaydi», dedi Sevara Ubaydullayeva AOKAda bölib ötgan brifingda.
Bundan taşqari, COVID-19 infeksiyasi böyiça epidemiologik osoyiştalik toifasidagi davlatlardan qaytgan kişilarga beriladigan tavsiyalar haqida ham ma'lumot berildi.
Bu davlatlar karantin çeklovlarini bekor qilgan va koronavirus infeksiyasi davom etmayotgan mamlakatlar hisoblanadi. Bunday davlatlardan qaytgan şaxslar:
- izolyatsiyada bölişlari;
- koronavirus infeksiyasiga test tekşiruvidan ötişlari yoki antitanaçalarni aniqlaş uçun IFA topşirişlari;
- şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilişlari, niqob taqişlari va ijtimoiy masofa saqlaşlari kerak.
Tadbirda kasallikdan soğayganidan söng qayta test ötkazilişi haqidagi savolga ham javob berildi.
«Kasallikdan soğayganidan söng test topşiriş şart emas. Virusga qarşi antitanaçalarni immunoglobulin G va M larni tekşiriş muhim bölib, bu tahlil asosida inson organizmida kasallikka qarşi immunitet hosil bölganlikni biliş mumkin», dedi ştab a'zosi.
















