Pandemiya vaqtida himoya vositalariga talab keskin oşgani ortida nopok tadbirkorlar işlatilgan bir martalik qölqoplarni sotib foyda olişga qaror qilgan. Ta'kidlanişiça, Tailandda işlatilgan qölqoplarni qöl tegizilmagan dastlabki körinişiga keltiruvçi bir neçta yaşirin korxona işlaydi. Bunday qölqoplar saqlangan omborlardan biri Bangkok çekkasida aniqlangan. U yerda işlatilgan tibbiy qölqoplar bilan liq töla çiqindi qoplari saqlangan. Qölqoplardan aksariyati iflos körinişda, ba'zilarida esa hattoki qon izlari bölgan.

Jurnalistlar bir neça oy davom etgan suriştiruv davomida ön millionlab sifatsiz va iflos qölqoplar AQŞga eksport qilinganini aniqlaşgan. SNN ma'lumotlariga köra, bu “aysbergning bir uçigina” hisoblanadi.

AQŞ kompaniyalaridan biri fevral oyidayoq AQŞning bojxona-çegara xizmati va sanitar idoralariga Tailanddan şunday qölqoplar partiyasini olganini ma'lum qilgan. Biroq şunga qaramay Tailanddagi kompaniya AQŞga keyingi oylar davomida yana ön millionlab qölqoplarni jönatişga muvaffaq bölgan.

Ba'zi holatlarda işlatilgan qölqoplar dastlab sovun bilan yuvilgan, söngra böyab, quritilgan.

Tailandning mutasaddi idoralari işlatilgan qölqoplarni sotuvçilarga qarşi kamida 10 ta reyd ötkazilganini ma'lum qilgan.

AQŞ va Tailandda uşbu hodisa yuzasidan tergov boşlangan.

“AQŞga katta hajmda sifatsiz tovarlar, iflos, avval işlatilgan va sifatsiz qölqoplar yetkaziladi. Federal hukumat, körinişiça, muammoning qançalik kattaligini endigina anglay boşlamoqda”, deb aytgan tibbiyot sohasidagi ekspert Duglas Ştayn.