Pandemiya tufayli fuqarolar çet davlatlariga dam olişga bora olmagani sababli içki turizmda narxlar sezilarli ösişi kuzatildi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari Faxriddin Davrukov şu haqda ma'lum qilib, Böstonliq va Tödaköl kabi dam oliş maskanlarida narxlarni pasaytiriş uçun közda tutilayotgan çoralarga töxtaldi.

«Bu böyiça ham Böstonliqda sezilarli özgariş qiliş böyiça davlat rahbarimizdan topşiriq böldi. Bitta raqam keltirsam, 2020 yilda Toşkent viloyati böyiça turizmni rivojantirişga qaratilgan 47ta loyihani amalga oşiriş közda tutilgan bölsa, bunga qöşimça ravişda Böstonliq tumanida 45ta loyiha yölga qöyilişi rejalaştirilgan. Bu, albatta, [dam oliş maskanlarida] narx-navoning sezilarli pasayişiga öz ta'sirini ötkazadi», − dedi Davrukov 18 avgust kuni AOKAdagi matbuot anjumanida.

https://ok.ru/videoembed/1641943665343

U, şuningdek, yengil konstruksiyalar va palatkalar asosida taşkil etiladigan dam oliş joylari ham narxlar tuşişiga omil böla olişini qayd etdi.

Qömitaning ziyorat turizmi bölimi boşliği Temur Mirzayevga köra, sohaga mobil ilovalar va smart texnologiyalarning kirib kelişi orqali ham narxlar arzonlaşişini kutiş mumkin. Bunday texnologiyalarni işlab çiqqanlar uçun grantlar ajratilişi rejalaştirilgan.

«Bu ilovalarda Böstonliq böladimi, hozir rivojlanib borayotgan vodiydagi ziyoratgohlar böladimi, asosiy turizm klasterlari böladimi, u yerlardagi xizmatlar, mehmonxonalar, transport xizmatlari va ularning narxlari haqida oçiq va şaffof şaklda ma'lumot oliş mumkin böladi.

Öşa Böstonliqda masalan 10ta ilova paydo bölsa, odamlarimizni narx bilan aldaşga, 2-3 barobar qimmat narx qöyilişiga imkoniyat qolmaydi», – dedi Temur Mirzayev.