Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Odiljon Iminov OTMlarda kontrakt narxlarining kamaytirilişi borasidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

«Oliy va örta maxsus ta'limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan yangi öquv yili uçun tölov-kontrakt miqdori böyiça kunduzgi öqiydigan talabalarga 10 foiz çegirma berilişi ijtimoiy tarmoqlarda keng munozaralarga sabab bölmoqda.
Ta'kidlanayotganidek, pandemiya şaroitida ta'limni masofaviy taşkil etilişi uning sifatiga ham salbiy ta'sir etmoqda. Avvallari işlab yoki mardikorçilik qilib öqişiga pul tölayotgan talabalarning köpçiligi hozir işlaridan ham ayrilişgan. Şu şaroitda, kontrakt tölovidan 10 foiz çegirma berilişi juda kam, deb baholanmoqda va 30-40 foiz çegirma bölişi lozimligi körsatilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda hattoki, tölov-kontrakt miqdori ta'lim sifati bilan özaro boğlab körsatilib, öqitiş sifati pastligi natijasida mamlakatning birorta oliy ta'lim muassasasi dunyo miqyosida TOP-1000ga kirmaganiga ham urğu berib ötilmoqda, şuningdek, mazkur holatga davlat idoralari va deputatlar loqayd munosabatda bölmoqdalar, deb aytilmoqda», - deb yozadi qömita raisi.
Odiljon Iminovga köra, belgilangan kontrakt miqdori öqitişning minimal xarajatlarini ham qoplay olmayotganiga qaramasdan (örtaça 68 foizi qoplanmoqda) amaldagi kontrakt miqdori böyiça barça talabalarga 10 foiz çegirma berilişini ijobiy baholaş lozim.
Şuningdek, yetim, çin yetim, nogiron bölgan talabalarga va «temir daftar» röyxatidagi oiladan bölgan talabalarga kontrakt tölovlarini qoplaş uçun manzilli moddiy yordam berib, 4 million sömgaça moliyaviy yordam körsatilişi belgilangan. Qurolli kuçlar safida muddatli harbiy xizmatni ötagan talabaga esa şartnoma miqdorining 35 foizi tölab beriladi.
«Şu örinda, barça talabalarning moddiy ta'minoti darajasidan kelib çiqib, ularga kontraktdan çegirmalar belgilaşni tabaqalaştirilgan usulda amalga oşirilişi maqsadga muvofiq bölar edi, deb hisoblaymiz. Çunki, ayrim talabalar uçun ularning moddiy holatiga nisbatan nafaqat çegirma miqdori, balki butun kontrakt miqdori ham
















