OKMK «Lokomotiv» ustidan irodali ğalabani qölga kiritdi. Dastlab Suhrob Sultonov öz darvozasiga töp kiritib qöygan bölsa, ikkinçi bölim boşida olmaliqliklar legioneri Yovan Jokiç muvozanatni tikladi. Öyinning sönggi daqiqalarida Zafar Polvonov va Jasur Umarov tomonidan urilgan gollar Mirjalol Qosimov jamoasiga 3 oçko keltirdi. Ğalabadan söng OKMK oçkolarini 24taga yetkazib, 1-öringa çiqib oldi. «Temiryölçilar» 12 oçko bilan 8-poğonaga joylaşişgan.
«Bunyodkor» Olmaliqda «Metallurg» ustidan işonçli ğalabani qölga kiritdi. Nurillo Töxtasinovning dubli «qaldirğoçlar»ga 3 oçko keltirdi. Ğalabadan söng «Bunyodkor» oçkolarini 20taga yetkazib, 3-örinni mustahkamlab oldi. «Metallurg» esa 16 oçko bilan 7-poğonaga tuşib ketdi.

Bekobodda ötkazilgan bellaşuvda Qarşining «Nasaf» jamoasi Jizzaxning «Söğdiyona» klubi ustidan yirik hisobda zafar quçdi. Islom Kenjaboyev, Bobur Abdixoliqov va zaxiradan maydonga tuşgan Husain Norçayevning kiritgan töplari vohaliklar ğalabasini ta'minladi. Uşbu ğalabadan keyin «Nasaf» oçkolari sonini 19taga yetkazib, Superliga turnir jadvalida 4-öringa çiqib oldi. «Söğdiyona» esa 11 oçko bilan 9-örinda qoldi.
Superliga, 10-tur, 17 avgust
OKMK – Lokomotiv 3:1
Toşkent, «Bunyodkor» stadioni
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rasul Fozilov, Maksim Nexoçin, Farruh Yansupov.
Gollar: Yovan Jokiç (47), Zafar Polvonov (88), Jasur Umarov (90+1) – Suhrob Sultonov (36, avtogol).
OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Şorahmedov (Mirğiyos Sulaymonov, 84), Dilşod Jörayev, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Yovan Jokiç, Mirjamol Qosimov (Şahzod Nurmatov, 84), Bahrom Abdurahimov (Sanjar Tursunov, 46, Jasur Umarov, 90), Arslonmurod Amanov (Murod Toşmatov, 74), Zafar Polvonov, Hojimat Erkinov.
Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Şuhrat Muhammadiyev, Kaxa Maxaradze, Farruh Ibrohimov, Şerzod Fayziyev, Diyor Turopov, Vadim Afonin (Ibrohim Ğanixonov, 74), Avaz Ölmasaliyev, Javohir Alijonov (Davron Umirov, 60), Temurxöja Abduxoliqov, Marat Bikmayev.
Bunyodkor – Metallurg 2:0

















