Uning aytişiça, ğarb davlatlari vakillarining Belarusga harbiy bostirib kirilişi mumkinligini tasdiqlovçi bayonoti paydo bölgan. 

“Ğarb davlatlari vakillari, jumladan, Belarus qayerdaligini va bu yerda nima yuz berayotganidan umuman bexabar bölgan ba'zi davlat rahbarlarining bayonotlari paydo böldi. Biroq ular şunga qaramay, bunday bayonotlar bermoqdalar”, deb aygan Lukaşenko. 

“Şukurki, biz bunga javob berib, çegaralarimizning ğarbiy sarhadlarida armiyamizning harbiy bölinmalarini joylaştirdik va ularni töliq jangovar şay holatga keltirdik”, deb aytgan Lukaşenko yiğilişda.

U mamlakat içida tartib örnatiş uçun ba'zi bölinmalar, ayniqsa maxsus operatsiyalarni bajaruvçi kuçlarni jalb qilişga töğri kelganidan afsus bildirgan.

“Nima qilamiz, aholimizning muayyan qismi şunaqa. U nafaqat nima qilayotganini anglamaydi, balki buni ataylab qiladi”, deb ta'kidlab ötgan Belarus rahbari. 

“Bugungi kunda nafaqat içki, balki taşqi muammolar paydo bölmoqda. Bunday harakatlar mutlaq muvofiqlaştirilganini oçiqçasiga körib turibmiz. Biroq bu hali çöqqisi emas. Hodisalar tegişli ravişda rivojlanişda davom etadi, biroq biz qanday yönalişda ekanini bilamiz”, deb ta'kidlab ötgan Lukaşenko.

Uning ta'kidlaşiça, mamlakatda saylovlardan keyin tinçimayotgan noroziliklar hukumatni öz harbiylarini içki işlarga aralaştirişga majbur qiliş maqsadida amalga oşirilmoqda.