Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğistonning Törtköl tumanida istiqomat qilgan fuqaro içki işlar organi xodimlari olib ketganidan söng sirli ravişda komaga tuşgani va oradan 13 kun ötib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan qöşimça ma'lumotni taqdim qildi.
Unga köra, hozirda tergovga qadar tekşiruv davomida fuqaro I.S.ning ölimi sabablarini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
«Mazkur holat böyiça Törtköl tuman prokuraturasi tomonidan 2020 yil 19 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi ma'lumotda.
Bundan avvalroq Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV axborot xizmati Törtköl tumanida içki işlar bölimida komaga tuşib, vafot etgan fuqaro böyiça izoh bergandi.















