Sönggi uç yil davomida u YuNICeFning Qirğizistondagi vakili örinbosari sifatida işlagan, YuNICeF dasturlarini boşqariş, mazkur taşkilotdagi hamda BMT tizimidagi tarmoqlararo hamkorlikni muvofiqlaştiriş böyiça mas'ul bölib, dasturlarni boşqariş guruhining raisi vazifasini bajargan. 

Taşkilotning Özbekistondagi vakolatxonasi xabariga köra, u YuNICeFning Ozarboyjon, Moldova, Nepaldagi vakolatxonalarida, şuningdek Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça mintaqaviy vakolatxonasida işlagan.

YuNICeFdagi mehnat faoliyatidan avval Munir Mamedzoda turli sohalarda bir qator lavozimlarda, xususan yoşlar masalalari böyiça yirik nodavlat taşkilotining ijroçi direktori, Ozarboyjonda Inson huquqlari böyiça Ombudsman idorasining xalqaro bölimi boşliği lavozimlarida işlagan. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoşlar va rivojlaniş sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.

Munir Mamedzoda MDOUni iqtisodiyot mutaxassisligi böyiça tamomlagan. U Şveytsariyaning Friburg universitetida ta'lim olib, bolalar huquqlari sohasidagi ilğor dastur böyiça magistr darajasiga ega bölgan.