Ma'lum qilinişiça, Bennon va yana uç kişi Meksika bilan çegarada devor qurilişi tarafdorlaridan yiğilgan mablağlarni özlaştiriş maqsadida til biriktirişda gumon qilinmoqda.
Nyu-Yorkning Janubiy okrug prokurori Odri Straussning ta'kidlaşiça, We Build The Wall (Biz devorni quramiz) onlayn-kampaniyasi davomida jami 25 mln dollardan köproq mablağ yiğilgan. Kampaniya taşkilotçilari bu pullarni devor qurilişiga yönaltirişga va'da berişgan, biroq aslida 4 gumonlanuvçi uşbu pullardan yuzlab ming dollarini öz şaxsiy ehtiyojlari, jumladan, safarlar, mehmonxonalarda yaşaş uçun tölovlar, turli xaridlar, kredit kartalar böyiça qarzlarni uziş uçun işlatib yuborişgan.
Ma'lum qilinişiça, Bennon nazoratidagi kompaniya orqali We Build The Wall uçun töplangan mablağlardan 1 mln dollardan köproği olib çiqib ketilgan. Bu pullardan bir qismi Bennonning şeriklaridan biriga berilgan, biroq ularning katta qismini Bennonning özi işlatgan.
Ayblov xulosasida pullarning şaxsiy ehtiyojlar uçun sarflanişi kampaniya taşkilotçilari tomonidan ovoza qilinmaganiga alohida e'tibor qaratilgan. Bundan taşqari, gumonlanuvçilar öz işlari uçun heç qanday haq olmasliklarini takror-takror ta'kidlab kelişgan.

















