Hafta öyini

«Söğdiyona» - «Bunyodkor» öyinida 6ta gol kiritildi

Superliga 11-turi doirasidagi eng jangovar öyin Toşkentdagi «Lokomotiv» stadionida kuzatildi. Turga start bergan «Söğdiyona» - «Bunyodkor» öyinida jami 6ta gol kiritildi. Uçraşuvdagi hisobni Uluğbek Baqoyev şogirdlari oçişdi. Javohir Qahramonov golga muallif qilgan bölsa, oradan bir daqiqa ötar-ötmas Nurillo Töxtasinov muvozanatni tikladi. 39-daqiqada Norxonov Jizzax jamoasini yana hisobda oldinga çiqargan bölsa, 47-daqiqada Vadim Abramovning Koreyadan qaytgan şogirdi Xurşid Ğiyosov yana hisobni tenglaştirdi. Oradan 5 daqiqa ötib, bu safar toşkentliklar hisobda oldinga çiqişdi – Lutfulla Töreav «Bunyodkor»ning uçinçi golini kiritdi – 2:3.

77-daqiqada esa katta sahnaga maydondagi uçinçi jamoa – hakamlar brigadasi çiqişdi. Tortişuvlarga sabab bölgan penaltini Norxonov golga aylantirib, öyinda jangovar durangni qayd etdi – 3:3.

Tur qahramoni

Çeran sobiq jamoasi «Nasaf»ni ayamadi

Turning markaziy öyini «Paxtakor» va «Nasaf» örtasida kuzatildi. Gollarga boy ötgan bahsda Şota Arveladze jamoasi Röziqul Berdiyev şogirdlari ustidan yirik hisobda ğalaba qozondi. Uçraşuvda poytaxtliklar yetakçisi Dragan Çeranni töxtatib bölmadi. Çernogoriyalik forvard het-trikini rasmiylaştirib, 11ta gol bilan Superliganing yaqqol goleadoriga aylandi. Qiziği, şu kuni öyinda kiritilgan 5ta golning 4tasiga «Nasaf» jamoasining sobiq futbolçilari mualliflik qilişdi.

Tur murabbiyi

Dilyaver Vaniyev Andrey Kançelskisni mağlub etdi

Turning eng kutilmagan natijasi «Navbahor» va «Maş'al» (0:1) örtasidagi öyinda kuzatildi. Andrey Kançelskis qöl ostidagi kuçli tarkibga ega «Navbahor» jamoasi ötgan mavsum murabbiylikni boşlagan Dilyaver Vaniyev boşqaruvidagi çempionat debyutanti «Maş'al»ga yutqazib qöydi. Yoş himoyaçi Samandar Şukurullayev Igor Golban boşçiligidagi namanganliklar himoya çiziğini doğda qoldirib, jamoasiga ğalaba keltirdi. Öyin jihatdan ham Vaniyevning yoş jamoasi Kançelskisning nomdor tarkibidan köra mazmunli öyin namoyiş etdi. Bu esa Vaniyevni tur murabbiy sifatida e'tirof etilişiga loyiq.