Jahon | 15:40 / 23.08.2020
14639
2 daqiqa o‘qiladi

Yuliya Timoshenko koronavirusga chalindi. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan

Uning matbuot kotibi Marina Soroka siyosatchining ahvoli og‘irligini ma'lum qilgan.

Foto: Zuma/TASS

«Batkivshchina» partiyasi va parlamentdagi fraksiya yetakchisi Yuliya Timoshenko koronavirusdan zararlandi. Bu haqda uning matbuot kotibi Marina Soroka ma'lum qilgan.

«Ha, afsuski bu to‘g‘ri. Test Yuliya Vladimirovnada COVID-19 borligini ko‘rsatdi. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Tana harorati 39 darajaga ko‘tarilgan. Kurashmoqda!», - deya yozgan u yakshanba kuni feysbukdagi sahifasida.

Siyosatchining qizi Yevgeniya Timoshenko va kuyovi Artur Chechetkinda ham virus aniqlangan.

Juma kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rafiqasi va o‘g‘li koronavirusdan kasallangani haqida xabar bergandi.

Avvalroq Zelenskiy mamlakat COVID-19ning ikkinchi to‘lqini yoqasida turgani haqida ogohlantirgan, odamlarning kasallik tarqalishiga qarshi ma'lumotlardan xabardorligini oshirish zarurligini ta'kidlagandi

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, shu vaqtgacha Ukrainada 107 ming 379 kishida yangi koronavirus aniqlangan, shundan 2 313 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid