Demak, bu tizimda biror-bir qaror qabul qiliş uzoqni köra biliş qobiliyati va juda katta mas'uliyatni talab qiladi. Birgina notöğri taşlangan qadam yillar ötib qimmatga tuşişi mumkin.

Ahamiyat berganmisiz, nega aksariyat rivojlangan davlatlar mustaqillikning ilk kunlaridanoq ta'lim tizimini isloh qilişga jiddiy kirişişgan? Çunki ular ta'lim uzoq muddatli jarayon va şu bilan birga, kelajakka tikilgan eng töğri investitsiya ekanini yaxşi tuşunişgan.

Sönggi 2–3 yil içida Özbekistonda ham ta'lim tizimiga boşqaça yondaşiş zarurligi dolzarb masalaga aylandi. Tizimdagi kamçiliklar, ayniqsa, qoğozbozlik va korrupsiya keskin tanqidlarga uçray boşladi.

Ehtimol, maktab va oliy ta'lim muassasalarining şu paytgaça davlat budjeti hisobidan yaşab kelgani ham buning sabablaridan biridir. Negaki, bunday tizimda köpinça sifat emas, son ketidan quviladi. Doimiy ta'minot bölib turgani sababli öz-özidan raqobat muhiti yöqoladi, faqat natija va hisobot uçun işlaş kayfiyati kuçayadi. Qöpol qilib aytganda, «mendan ketgunça, egasiga yetgunça» qabilida iş tutiladi.

Davlat xususiy ta'lim dargohlarini köpaytirişga e'tibor qaratayotganda ana şu omillarni ham hisobga olgan bölsa, ajab emas. Prezident va hukumat vakillarining sönggi yillarda qabul qilayotgan farmon va qarorlari asosida xususiy ta'lim maskanlariga yaratib berilayotgan şart-şaroit bu boradagi yondaşuv özgarib borayotganiga işora qilyapti.

Jumladan, prezidentning «Xalq ta'limi tizimiga boşqaruvning yangi tamoyillarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi va «Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida davlat-xususiy şeriklik asosida davlat umumiy örta ta'lim maktablarini taşkil etiş töğrisida»gi (loyiha), Vazirlar Mahkamasining «Nodavlat ta'lim taşkilotlari faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorlarida ham bunday taşabbus faol qöllab-quvvatlanayotganini köriş mumkin.

Bundan taşqari, xususiy maktab oçiş uçun litsenziya oliş jarayonining soddalaştirilişi, şuningdek, ularga şahodatnoma va attestatlarni beriş huquqi berilişi natijasida nodavlat umumta'lim muassasalari soni 6 baravarga oşib, 150taga yetdi.

Xususiy ta'lim muassasalari oçiş bizda avval ham tajribadan ötgan. Ilgari bolalarga boşlanğiç ta'lim beradigan xususiy boğça-maktablar bölardi. Tabiiyki, ularda ta'lim sifati ança yuqori bölgan. Çunki bunday maktablardagi sinflarda öquvçilar soni nisbatan kamroq bölar va bu har bir öquvçini qamrab oliş imkonini berardi.

Bu turdagi maktablar öz kunini özi körgani uçun ham, özraro raqobatga kirişişar, sifatli ta'lim beriş, yaxşiroq natija körsatiş uçun kuraşişardi. Ammo ularning soni nisbatan kam bölgani tufayli u qadar ommalaşib keta olmadi. Buning ustiga moliyaviy qiyinçiliklar oqibatida birin-ketin yopila boşladi. Davlat ularni öz vaqtida qöllab-quvvatlamadi.

Endi sekin-asta ana şu tajribani qayta işga soliş vaqti keldi. Xususiy ta'lim hamişa özini oqlagan. Buni boşqa davlatlar tarixidan ham bilib oliş mumkin. Dunyoda dovruğ qozongan universitet yoki maktablarning aksariyati xususiy sektorga tegişli. Misol uçun, Harvard universitetining özi dunyoga 75 nafar Nobel mukofoti sovrindorlarini yetiştirib bergan. Mamlakat böyiça eng köp muvaffaqiyatga erişgan kişilar ham aynan şu universitet bitiruvçilaridir. Bunday misollarni yana köplab keltiriş mumkin.

Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda davlat-xususiy şerikligi asosida maktablar taşkil etişdan asosiy maqsad ham muvaffaqiyatli bitiruvçilarni yetiştirib berişdan iborat. Bunga zarur şaroit yaratib berilsa bölgani.

Hukumat ham buning ahamiyatini töğri anglab ularni qöllab-quvvatlaşda davom etyapti. Hatto karantin davrida ham boşqa sohalar qatorida moliyaviy muammolarga duç kelayotgan nodavlat ta'lim taşkilotlari ahvoli örganilib, amaliy yordam körsatildi.

Aslida, davlat ta'limni töliq boşqarişdan köra, uni çetdan turib nazoratga olişi, faoliyatini tartibga solib turişining özi yetarli. Ana şundagina ularda yuqori sifatli ta'limga, yaxşi natijaga bölgan intiliş kuçayadi, «yaşab qoliş» uçun kuraşadi. Ta'limdagi korrupsiya ham öz-özidan barham topadi. Çunki nodavlat ta'lim muassasalari öz obrösi uçun kuraşar ekan, bunday holatlarga yöl qöymaslikka urinadi.

Buni öz vaqtida anglab, tegişli islohotlar amalga oşirilayotgani kişiga ança taskin beradi. Aks holda, yöqotilgan avlod vakillari köpayişda davom etişi kundek ravşan edi. Davlat xususiy maktablarni köpaytiriş siyosatini boşlagan ekan, mamlakat kelajagi uçun eng töğri investitsiya kiritildi, deb ayta olamiz.

Ziyodbek Ismoilov,
jurnalist.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamaydi.