Yaponiyada anomal issiq havo saqlanib qolmoqda. Kyodo axborot agentligi ma'lumotlariga köra, tibbiy xodimlar issiq urişi va koronavirus alomatlari öxşaşligi ularning işini murakkablaştirayotganini ta'kidlaşmoqda. 

17 avgustda esa Yaponiyaning markaziy qismida joylaşgan Xamamatsu şahrida havo harorati 41,1 darajagaça kötarilib, 2018 yilda qayd qilingan rekord körsatkiçga yetgan.

“Şunday holatlar böladiki, bemorda yuqori harorat bölganda, issiqdan jabr körganlar bilan koronavirusga çalinganlarni farqlay olmaymiz. Çunki yuqori harorat bu vaziyatlarda umumiy simptomdir”, deb aytgan Teykyo universiteti şifoxonasi xodimi Yasufumi Miyake.

Uning aytişiça, şifoxonaga issiqdan jabr körgan yangi bemor yetkazilganda, xodimlar uning koronavirusga çalingan bölişi mumkinligini istisno qila olişmaydi. Bu esa tibbiy xodimlar işini ança murakkablaştirmoqda. “Bunday holatda tibbiyot tizimi haddan ziyod yuklanişi xavfi mavjud”, deb qöşimça qilgan mutaxassis.

Ayni vaqtda bunday issiq haroratda tibbiy niqoblar taqiş zaruriyati borasida bahs bormoqda, çunki niqoblar issiq urişiga olib kelişi mumkin.

Yaponiyaning tabiiy ofatlar va yonğinlarga qarşi kuraşiş agentligi ma'lumotlariga köra, Yaponiyada 10 avgustdan 16 avgustgaça şifoxonalarga issiqdan zarar körgan 12804 kişi yetkazilgan. Bu körsatkiç bir hafta oldingidan deyarli 2 marta köproqni taşkil qilgan.  

Umuman olganda, Yaponiyada iyun boşidan beri 48 ming kişi issiq uriş sababli şifoxonaga tuşgan. Jumladan, issiq havodan 93 kişi vafot etgan. Vafot etganlardan aksariyatini 70 yoşdan kattalar taşkil qiladi.  

Mutaxassislarning fikriça, joriy yilda Yaponiyada issiq havo uzoq davom etayotgan yomğirlar mavsumi sababli oğir ötkazilmoqda. Yaponiyada issiq havo odatda yomğirlar mavsumidan keyin iyul örtalarida örnatiladi. Biroq joriy yilda iyul oyi Yaponiyada bulutli bölgan va mamlakatda rekord darajada yoğingarçilik tuşgan.  

2019 yilda Kunçiqar mamlakatda issiq havodan 126 kişi halok bölgan, 70 mingdan köproq kişi jabrlangan.