Prezidentning "Namangan va Andijon viloyatlarida töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatiga ixtisoslaştirilgan erkin iqtisodiy zonalar taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Namangan va Andijon viloyatlari hokimliklarining Namangan viloyatining Namangan şahri, Töraqörğon va Çortoq tumanlaridagi jami, 313,7 gektar yer maydonida “Namangan-textile” erkin iqtisodiy zonasi va Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi 55 gektar yer maydonida “Andijan-textile” erkin iqtisodiy zonalari taşkil etiş hamda ularning hududiy çegaralarini tasdiqlaş taklifi ma'qullanadi.
Quyidagilar “Namangan-textile” va “Andijon-textile” erkin iqtisodiy zonalarining asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
töqimaçilik sanoatining iqtisodiyotdagi uluşini oşiriş, mamlakatda işlab çiqarilayotgan töqimaçilik mahsulotlarining, eng avvalo, yuqori qöşilgan qiymatli raqobatbardoş töqimaçilik mahsulotlarini yuqori texnologik işlab çiqarişga qayta yönaltiriş orqali hajmi va sifatini oşiriş;
taşqi bozorlarda talab katta bölgan va import örnini bosuvçi, yuqori qöşilgan qiymatli gazlama mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça zamonaviy işlab çiqarişlarni taşkil etiş uçun xorijiy va mahalliy investorlarning töğridan-töğri investitsiyalarini jalb etiş;
mavjud xomaşyo va materiallarni yetiştirişdan boşlab, unga dastlabki işlov beriş, mahsulotlarni qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatli tayyor töqimaçilik mahsuloti çiqariş bosqiçigaça bölgan işlab çiqariş integratsiyasini nazarda tutuvçi rivojlanişning klaster modelini amalga oşiriş;
tarmoq korxonalarining logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantiriş bilan özaro uzviy boğliqlikda, şu jumladan köp funksiyali transport-logistika xablarini quriş, yuklarni yetkazişning optimal yönalişlari hamda yölaklarini tanlaş, şuningdek, transportda yuk taşiş tariflarini optimallaştiriş orqali rivojlantirişni ta'minlaş;
yuqori sifatli tayyor töqimaçilik mahsulotlarini işlab çiqariş va eksportini kengaytiriş, milliy brendlarni jahon bozorlariga olib çiqiş maqsadida işlab çiqariş jarayoniga ilğor innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik işlanmalarini keng joriy etiş, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini işlab çiqarişni mahalliylaştiriş;
töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport geografiyasini yanada kengaytiriş va jahon bozorlarini bosqiçma-bosqiç egallaş hamda xalqaro reytinglarda Özbekistonning töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini işlab çiqariş darajasini oşiriş.












