Ma'lum qilinişiça, 2019 moliyaviy yilida universitet daromadlari 79 323,7 mln sömni, xarjatlari 72 502,2 mln sömni, sof foyda 6 821,5 mln sömni taşkil etgan.
Daromadlarning asosiy qismi öqitişning tölov-kontrakt şaklidan tuşgan bölib, 67 729,2 mln sömni (jami daromadlarning 85,4 foizi)ni taşkil qildi. Şu jumladan, tabaqalaştirilgan tölov kontrakt şaklidan 36 608,6 mln söm olingan.
Eng katta xarajatlar iş haqi, unga tenglaştirilgan tölovlar, nafaqalar hamda iş haqidan ajratma (yagona ijtimoiy tölov)ga sarflangan bölib, bular 42 086,1 mln sömni (umumiy xarajatning 58 foizi) taşkil etgan. Şu örinda qayd etiş kerakki, hisobot davrida xodimlarning örtaça bir oylik iş haqi miqdori 6 333,0 ming sömga teng bölgan.
Şu bilan birga, talabalar uçun stipendiya tölovlariga 10 816,5 mln söm (umumiy xarajatning 14,9 foizi), kommunal xarajatlar, saqlab turiş va joriy ta'mirlaş, ijara uçun 3 569,9 mln söm (umumiy xarajatning 4,9 foizi) sarflangan. Tovar va xizmatlar hamda asosiy vositalarga hisoblangan eskirişlarga 6 375,7 mln söm (umumiy xarajatning 8,9 foizi), xizmat safarlari uçun 714,2 mln söm (umumiy xarajatning1,0 foizi) va boşqa xarajatlarga 8 939,8 mln söm (umumiy xarajatning 12,3 foizi) xarjlandi.
Adliya vazirligi tomonidan öz navbatida TDYuUning budjet xarajatlari doimiy ravişda nazorat qilib boriladi.
Eslatib ötamiz, huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev moliyaviy şaffoflikni ta'minlaş uçun har bir oliy ta'lim muassasasining daromad va xarajatlari oçiq e'lon qilib borilişi lozimligini aytgan edi.




















