Boquvçisini yöqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvçi hamda nogironligi bölgan bolalar sentabr oyida pensiya va nafaqaga qöşib, 500 ming söm miqdorida bir martalik moddiy yordam ham oladi.

Bu haqda aholining ehtiyojmand qatlamlari bolalariga pul tarqatişga oid prezident qarori yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

«Bir martalik beriladigan moddiy yordam puli mazkur şaxslar Pensiya jamğarmasi tomonidan pensiya va nafaqa oluvçi sifatida qayd etilgani bois, sentabr oyida ularning pensiya yoki nafaqalariga qöşib beriladi.

Plastik karta orqali oluvçilarga, bilamizki, pul oyning boşida kelib tuşadi. Naqd pulda oluvçilar Xalq banki tomonidan pensiya, nafaqalarni oliş grafiklariga asosan manzillariga tarqatib berilişi közda tutilgan», – dedi Pensiya jamğarmasi direktori örinbosari Şuhrat Davronov.

Eslatib ötamiz, sentabr oyida yuqoridagi ikki toifadan taşqari, «temir daftar»ga kirgan oilalarning 16 yoşgaça bölgan bolalariga ham 500 ming sömdan beriladi.