Uning sözlariga köra, uşbu oilalarda işsizlar soni 396 ming nafar.
«Yil oxiriga qadar ularni iş bilan band etiş ta'minlanadi», – dedi vazirlik rasmiysi 27 avgust kungi matbuot anjumanida.
Ma'lum qilinişiça, aholi 5ta mezon asosida «Temir daftar»ga kiritib borilmoqda:
- mehnatga layoqatsiz yoki surunkali kasalliklari oilasi a'zosi mavjud bölgan oilalar;
- yakka-yolğiz bevalar va özgalar parvarişiga, qaramoğiga muhtoj bölgan oilalar;
- 5 nafar va undan ortiq farzandi mavjud ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan oilalar;
- koronavirus pandemiyasi natijasida özining doimiy daromad manbayidan mahrum bölgan oilalar;
- haqiqatan ham ehtiyojmand, noçor va moddiy kömakka muhtoj oilalar.
Keça prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistondagi uç toifa, xususan «Temir daftar»dagi oilalar farzandlariga 500 ming sömdan pul tarqatiş böyiça qaror imzoladi.
«Pul ajratilişidan asosiy maqsad – yoşlarimizni kiyim-boş, maktab formasi va öquv qurollari bilan ta'minlaşdir» – dedi Şahobiddin Davlatov.
















