Vazirlar Mahkamasining “Yuridik şaxslar birlaşmalari faoliyatiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar:

Yuridik şaxslar birlaşmalarini davlat röyxatidan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatişning ma'muriy reglamenti;

Yuridik şaxslar birlaşmalarining yagona davlat reyestrini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;

Yuridik şaxslar birlaşmalarini tugatiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.

Belgilab qöyilişiça, Özbekiston Respublikasi hududida faoliyat körsatadigan yuridik şaxslar birlaşmalarini davlat röyxatidan (qayta röyxatdan) ötkaziş Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimi orqali amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bir oy muddatda Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda yuridik şaxslar birlaşmalarini Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimi orqali davlat röyxatidan (qayta röyxatdan) ötkaziş imkoniyatini yaratadi.

Yuridik şaxslar birlaşmalarini tugatiş tartibi töğrisidagi nizomga köra, yuridik şaxslar birlaşmasini tugatiş böyiça davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (şahar) bölimlari hamda tijorat banklari bilan özaro ma'lumot almaşiniş Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimi vositasida amalga oşiriladi.

Yuridik şaxslar birlaşmasini ixtiyoriy tugatiş muvofiq sxema böyiça amalga oşiriladi.

Yuridik şaxslar birlaşmasini ixtiyoriy tugatiş töğrisidagi qaror uning ta'sis hujjatlarida şunga vakolat berilgan yuqori organi tomonidan qabul qilinadi.

Tugatuvçi tayinlangan vaqtdan boşlab yuridik şaxslar birlaşmasi işlarini boşqariş böyiça barça vakolatlar unga ötadi.

Tugatuvçi tayinlangandan söng yuridik şaxslar birlaşmasi boşqaruv organlari tomonidan ikki kun muddatda unga yuridik şaxslar birlaşmasi faoliyati bilan boğliq barça hujjatlarni, yuridik şaxslar birlaşmasining muhri, ştamplari (agar mavjud bölsa) va boşqa mol-mulkni topşiradi.