Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» Rossiyadan yangi elektrovozlar olib keldi
Joriy yilning 28 avgust kuni Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzaliga navbatdagi uch seksiyali 3ES5K seriyali 3 ta yangi «Ermak» elektrovozi olib kelindi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rossiyaning Novocherkassk shahrida joylashgan «Transmashxolding» aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan hamkorlik loyihasiga ko‘ra, 2018 yilda 2 ta, 2020 yilning iyul oyida esa yana 2 ta 3 seksiyali ushbu korxonada ishlab chiqarilgan yangi «Ermak» nomli elektrovoz keltirilib, ekspluatatsiya qilingan edi. Navbatdagi keltirilgan elektrovozlar ham ana shu hamkorlikning uzviy davomidir, deyiladi kompaniya xabarida.
Taqdimot marosimida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi va mas'ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda mutaxassislar yangi elektrovozlarning yuklarni tashish jarayonida muhimligini alohida ta'kidladilar.

– Bugungi kunda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi po‘lat izlarning umumiy uzunligi 7 ming 500 kilometrdan oshdi, shu bilan birga, elektrlashtirilgan uchastka yo‘llari soni ham ko‘payib bormoqda, – deydi Lokomotiv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Soriyev. – Bu turdagi lokomotivlar soni endi 7 tani tashkil etmoqda. Elektrovozdagi kompyuterlashtirilgan tizimi elektron qurilmalarning ishlash umrini uzaytiradi va xavfsizlikni ta'minlashga hissa qo‘shadi. Undan tashqari ushbu elektrovozlar texnik ko‘rigi ham oldingi elektrovozlardan farq qiladi. Ya'ni oldingi elektrovozlar uch kunda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tsa, bu elektrovozlar 10 kunda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Mazkur elektrovozlar Toshkent, Qarshi hamda Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzellar unitar korxonalari hududidagi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi viloyati yo‘nalishlarida harakatlanadigan yuk poyezdlariga xizmat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
20:15 / 25.02.2026
Prezident sanoat korxonalari quvvatini oshirib, 2 mingta yuk vagoni ishlab chiqarishni buyurdi
18:08 / 24.12.2025
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi
22:20 / 02.12.2024