Stiv Bennon birinçisi emas

Andrew Kelly/Reuters

Ayblovda 25 million dollardan köproq mablağ töplangan xayriya kampaniyasining yuz minglab dollarlarini Bennon öz şaxsiy manfaatlari uçun sarflab yuborgani aytilmoqda. Pekin ma'muriyati tomonidan turli jinoyatlar uçun qidiruvda bölgan xitoylik milliarder Guo Venguining 28 million dollarlik yaxtasida hibsga olingan Bennon öziga qöyilgan ayblovlarni rad etdi va 5 million dollar garov puli evaziga sayohat çeklovi bilan ozod qilindi.

Aslida, Stiv Bennon Trampning atrofidagi federal ayblovlarga duç kelgan köplab odamlardan biri, xolos. Masalan, bir muddat advokat bölib işlagan Maykl Koen 2018 yilda soliq korrupsiyasi, Kongressga yolğon gapiriş va saylov kampaniyasini moliyalaştiriş qoidalarini buzganlikda ayblangan.

Şuningdek, Trampning saylovoldi taşviqot menejyeri sifatida işlagan Pol Manafort 2018 yilda soliq va bank jinoyati uçun 7,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Keyinçalik u fitna uyuştiriş va adolatga tösqinlik qiliş jinoyatlarini sodir etganini tan oldi.

Saylov kampaniyasi raisining örinbosari Rik Geyts Ukrainadagi lobbi faoliyati davomida çet el banklarida 75 million dollar saqlanişida Manafortga yordam bergani uçun 45 kunlik qamoq jazosidan söng, 3 yillik şartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Trampning dösti va siyosiy maslahatçisi Rojyer Stoun hakamlar hay'ati oldida yettita xatti-harakati uçun, jumladan, Kongressga yolğon gapiriş, guvohlarni qörqitiş va Kongress qömitasi muzokaralarini blokirovka qilişda aybdor deb topildi.

Tramp ma'muriyati yuqoridagi sud jarayonlarini, asosan, Donald Trampga zarar yetkazişga qaratilgan siyosiy harakatlar sifatida baholamoqda. Ya'ni ayblanayotganlarning ba'zilari Trampga qarşi guvohlik berişga majbur qilinayotgani, uşbu da'volarni Tramp bilan boğlaşga urinişlar bölayotgani va asl nişon Tramp ekanligi aytilmoqda.

Trampning kampaniya menejyeri va boş strategi

Bennon - Trampning tergovdagi ilk safdoşi emas. General Maykl Flinn (suratda markazda) FQBga yolğon körsatma berişda ayblanmoqda EPA