Urganç şahar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi (SEOM) rahbari Z.Q. öziga bildirilgan işonçni suiiste'mol qilib, xizmat vakolatidan foydalangan holda noqonuniy ravişda şaxsiy boylik orttiriş rejasini tuzdi.
Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, u qassobçilik faoliyati bilan şuğullanmoqçi bölgan bölgan, Urganç tumanida yaşovçi fuqaroning işonçiga kirib, kelgusida tadbirkorlik faoliyatining soliq organlari tomonidan tekşirilmasligini ta'minlab berişni va'da qilib, firibgarlik yöli bilan 300 000 söm pul talab qilgan.
Qayd etilişiça, Z.Q. joriy yilning 25 avgust kuni Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir natijasida talab qilgan summadagi pulni olayotgan paytida jinoyat ustida qölga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
















