Hujjatga köra, qator karantin çeklovlari 2020 yil 5 sentyabrdan keyin ham saqlab qolinmoqda.

Ular:

  • birinçidan, fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlaşi, tibbiy niqobda bölişi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat'iy çoralar (jarimaga tortiş) köriş;
  • tana harorati 37°C va undan yuqori bölgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bölgan fuqarolarning jamoat joylariga çiqmasligi;
  • ikkinçidan, supermarket va boşqa yirik dökonlarning kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, dezinfeksion “töşaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlaş, ularga kirişda har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37°C va undan yuqori bölgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bölgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlaş, tibbiy niqobda bölişini, şuningdek, uşbu obektlarga kirişda fuqarolarni bepul tibbiy qölqop bilan ta'minlaş;
  • buyum va quriliş mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan şuğullanuvçi yirik dökonlarda sanitar tozalaş işlarini ötkaziş uçun haftada bir kun sanitar kunini e'lon qiliş;
  • uçinçidan, davlat organlari, taşkilotlar va korxonalarda yiğilişlar ötkazişni taqiqlaş, zarur hollarda yiğilişlarni videokonferensaloqa rejimida ötkaziş;
  • törtinçidan, ommaviy tadbirlar ötkazişni taqiqlaş;
  • töyxonalar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, çilim (kalyan) va kompyuter öyinlari markazlari faoliyatini taqiqlaş;
  • oilaviy tantana, töy, ma'raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining özida 30 kişidan köp bölmagan (faqat yaqin qarindoşlar va uşbu tuman hududida istiqomat qiluvçi boşqa qarindoşlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda ötkaziş;
  • beşinçidan, 65 yoş va undan katta yoşdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud şaxslarning “özini özi yakkalaş” hayot tarzida yaşaşini tavsiya etiş va ogohlantiruvçi tarğibot işlarini amalga oşiriş;
  • oltinçidan, yönalişsiz taksilarda yölovçi taşiş uçun avtotransport vositasi salonida haydovçi örindiği yölovçilar örindiğidan şaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan tösilgan bölişi, haydovçi va yölovçi tibbiy niqobda bölişi (tibbiy niqobsiz yölovçini taşiş taqiqlanadi), yölovçilarni avtotransport vositasi saloni orqa örindiğiga ötkazilişi hamda faqat öz (avtotransport vositasi davlat röyxatidan ötkazilgan) hududida harakatlaniş.