Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Jizzakh Petroleum kompaniyasi Özbekistondagi MTO («Loyiha») texnologiyalari asosidagi yangi zamonaviy kimyoviy kompleksi loyihasining majoritar investorlaridan biriga aylandi. Loyihaning amalga oşirilişi haqida ilk marta 2019 yilning mayida xabar berilgandi.

Uşbu kimyoviy kompleks öz kengligi va texnik imkoniyatlari jihatidan MDH davlatlari hududida yagona sanaladi. Zavod Özbekistonning Buxoro viloyatida quriladi va u mahalliy xomaşyo asosida faoliyat olib boradi. Bu eksportga qaratilgan yuqori qöşimça qiymatli gaz-kimyoviy mahsulotlarni işlab çiqariş hisobiga tabiiy gazni sotiş imkonini beradi.

Loyihaning muvaffaqqiyatli amalga oşirilişi Özbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilinişiga, tekstil, kimyoviy, parafarmatsevtik sanoatning rivojlanişiga va Özbekistondagi import hajmining kamayişiga olib keladi.

Zavodning hududiy joylaşuvida raqobatbardoş xomaşyo va energiya manbalarining mavjudligi, infratuzilmaning qulayligi, Yevropa va Osiyoning asosiy bozorlariga yaqinligi inobatga olindi. Uşbu loyiha mahalliy hududda Özbekistonning energetika böyiça liderligini yanada kuçaytiradi.

«Jizzakh Petroleum» QK MÇJ boş direktori janob Şokir Fayzullayev qöyidagiça fikr bildirdi:

– Bugungi qiyin vaziyatga qaramasdan, biz noyob va ulkan loyihani amalga oşirişda katta özgarişlar qila olganimizdan mamnunmiz. Biz sof va xavfsiz kelajak yölida Özbekiston va butun hudud uçun yangi uglerod iqtisodiyotini yaratişda innovatsion loyihalar va ularning yeçimini qöllab quvvatlaş orqali asosiy rolni bajarişga harakat qilayapmiz.

Jamiyat uçun yuqori sifatli mahsulotni işlab çiqaradigan dunyo miqyosidagi kimyoviy kompaniya tuziş niyatidamiz va bu loyiha bizning tasavvurimizga töliq mos keladi. Bizning yondaşuvimiz işlab çiqariş masalalarini töğridan töğri hal etişgagina emas, balki barça yetkazib beruvçilar zanjirini va qiziqqan tomonlar manfaatlarini hisobga olişga qaratilgan. Biz iqtisodiyotimizga katta hissa qöşadigan, Özbekiston va Örta Osiyo xalqi manfaatlariga xizmat qiladigan zamonaviy kompleksni ruyobga çiqarişda barça hamkorlar va maslahatçilar bilan yaqindan va uzoq muddatli hamkorlikka tayyormiz.

Loyiha ustidagi işlar uzluksiz davom etmoqda va Covid 19 pandemiyasi bilan boğliq bölgan muammolarga qaramasdan birinçi bosqiç yakunlangan. Loyihaning marketing tahlili va konfiguratsion tadqiqoti texnik hamkor va maslahatçilar, jumladan IHS Markit, Nexant i Amec Foster Wheeler (Wood) yordamida tugatildi. Bugungi kunda sönggi bosqiç lisenziarlarni tanlaş bosqiçi yakunlanmoqda, şundan söng zavodning bazaviy loyihasi (FEED) ustida iş boşlanadi.