Mazkur loyihani amalga oşiriş uçun Jizzakh Petroleum kompaniyasi tomonidan Argus Media, KPMG va Severin Development kompaniyalari jalb etilmoqda. Ularning mas'uliyat doirasiga loyihaning marketing, moliyaviy va texnik parametrlarini işlab çiqiş böyiça vazifalar kiradi. Argus Media kompaniyasi neft va neft mahsulotlari bozorining marketing tadqiqotlarini amalga oşiradi. "Katta törtlik"ka kiruvçi KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan loyihaning biznes rejasi va moliyaviy modeli işlab çiqiladi, Severin Development kompaniyasi esa loyiha qurilişi va uning barça texnik tarkibiy qismi borişini monitoring qiliş bilan şuğullanadi.
Asosiy körsatkiçlarni işlab çiqişga doir tegişli texnik topşiriqlar Jizzakh Petroleum tomonidan loyihaning asosiy iştirokçilariga berilgan.
Loyihani amalga oşirişning keyingi bosqiçida 2023 yilga kelib avtomobillarga yoqilği va gaz quyiş kompressor stansiyalarining şaxsiy tarmoğini yaratiş rejalaştirilmoqda.
Jizzakh Petroleum loyihaviy moliyalaştiriş bölimi boşliği Mansur Maxmudovning sözlariga köra, dunyoning yetakçi kompaniyalari va öz sohasining professionallari bilan hamkorlik qiliş eng yirik xorijiy kompaniyalarning mazkur loyiha va umuman olganda Jizzakh Petroleum'ga işonçidan dalolat berib, zarur investitsiyalar kafolati, loyihaning muvaffaqiyatli va öz vaqtida amalga oşirilişi asosi hisoblanadi.
Ma'lumot uçun:
Argus Media – energiya taşuvçilar va boşqa tovarlar bozorlari narxlari va kon'yukturasi töğrisida ma'lumot taqdim qiluvçi mustaqil xalqaro narx agentligi. Uning ştab-kvartirasi Londonda joylaşgan. Argusning 21 ta ofisi dunyoning turli mamlakatlari, jumladan dunyoning muhim savdo va işlab çiqariş markazlarida joylaşgan.
KPMG – professional xizmatlar körsatuvçi dunyodagi eng yirik tarmoqlardan va Deloitte, Ernst & Young va PwC bilan bir qatorda Katta törtlikka kirgan auditorlik kompaniyalaridan biridir. Uning xalqaro ştab-kvartirasi Amstelven (Niderlandiya)da joylaşgan.
Severin Development – Rossiyaning quriliş, BIM-qöllab-quvvatlaş, texnik va quriliş nazorati sohalaridagi loyihalarni boşqariş xizmatlarini körsatuvçi kompaniyasi. Sanoat, energetika, yöl-transport tuzilmasi sohalariga ixtisoslaşgan.
Jizzakh Petroleum kompaniyasi Matbuot xizmati Ⓣ

















