Farğona neftni qayta işlaş zavodi, «Jizzax Petroleum» MÇJ QKga işonçli boşqaruvga ötgan bölib, unda yangi AI-80 LYuKS yoqilğisini işlab çiqariş özlaştirildi.
Mazkur standart Farğona neftni qayta işlaş zavodida, foydalanişga qulay va ekologik talablarga mos avtobenzin işlab çiqariş imkonini beradi
Tarkibda olefin va oltingugurt miqdorining kamligi sababli AI-80 LYuKS yoqilğisi avtomobil dvigatelining faoliyatiga, şuningdek uning çiqindi gazini qayta işlaş tizimiga ijobiy ta'sir körsatadi. Hamda bir marta töla bak yoqilği quyiş natijasida 50 km gaça köproq masofani bosib ötişni ta'minlaydi.
Mazkur natijani Farğona neftni qayta işlaş zavodi va «Jizzax Petroleum» MÇJ QK mutaxassislarining, korxonadagi texnologik jarayonlarni takomillaştiriş va yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlarining yorqin ifodasi deyiş mumkin.
«Jizzax Petroleum» MÇJ QK Axborot xizmati

















