Özbekiston Jizzakh Petroleum’dagi öz uluşini qisqartirmoqçi. Bu haqda «Özbekneftgaz» tomonidan işlab çiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida aytiladi.
Jizzakh Petroleum qöşma korxonasi 2017 yil iyun oyida «Özbekneftgaz» (qöşma korxonadagi uluş - 60%) va Gas Project Development Central Asia (Gazprom International şö'ba korxonasi, 40%) tomonidan taşkil etilgan. Endi «Özbekneftgaz»ning uluşini 30 foizgaça kamaytiriş taklif etilmoqda. Mos ravişda, xorijiy ta'sisçilarning uluşi 70 foizgaça oşadi.
Jizzakh Petroleum’ning özi Islom Karimov nomidagi Toşkent Xalqaro aeroportida havo kemalariga xizmat körsatiş uçun zamonaviy yoqilği quyiş kompleksi qurilişiga mas'ul etib belgilanişi rejalaştirilmoqda.
Zamonaviy yoqilği quyiş kompleksini quriş uçun moliyalaştirişni jalb qiliş masalalari çet ellik ta'sisçilar bilan işlab çiqiladi, töğridan töğri çet el investitsiyalarini jalb qiliş ustun darajada közda tutiladi.
Kutilişiça, kompleks qurilişi respublika aeroportlari orqali parvozlarni bajarişga çet ellik aviakompaniyalarni jalb qiliş, şu jumladan, havo kemalarni aviatsiya yoqilğisi bilan ta'minlaş, aviatsiya yoqilğisini yetkazib beriş jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy qiliş orqali körsatiladigan aeroport xizmatlarining tijorat jozibadorligini yuksaltirişga yordam beradi.

















