Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan “Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor etiş tartib-taomillari töğrisida”gi Qonun loyihasi joylaştirilgan.

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi - faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat beriş va xabardor etiş bilan boğliq munosabatlarni tartibga soliş hisoblanadi.

Uşbu Qonunning amal qilişi quyidagi faoliyat turlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • intellektual mulk obektlaridan foydalanişda, şuningdek kompleks tadbirkorlik litsenziyasi şartnomasi (franşizing töğrisidagi şartnoma) böyiça yuzaga keladigan munosabatlarga;
  • tadbirkorlik sub'yektlarini, bitimlarni, huquqlarni va mol-mulkni davlat röyxatidan ötkaziş hamda hisobga qöyiş;
  • akkreditatsiya qiliş, sertifikatlaştiriş, standartlaştiriş, metrologiya va texnik jihatdan tartibga soliş;
  • davlat ekologik ekspertizasi;
  • davlat sirlari muomalasi.

Qonun loyihasi ruxsat beriş tartibotlarining quyidagi jihatlarini tartibga solişga yönaltirilgan qoidalarni öz içiga olgan:

  • litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor etiş tartib-taomillarining asosiy prinsiplari;
  • litsenziyalaşni, ruxsat beriş yoki xabardor etiş tartib-taomillarini joriy etişning asosliligi va samaradorligi;
  • Vazirlar Mahkamasining litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillariga doir vakolatlari;
  • litsenziyalarning va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni beriş;
  • yagona onlayn elektron portal;
  • litsenziyalaş;
  • ruxsat beriş tartib-taomillari;
  • litsenziyalaş va tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat beriş tartib-taomillari töğrisidagi umumiy qoidalar;
  • xabardor etiş tartibi.

Şuningdek, Qonun loyihasi quyidagilarni öz içiga olgan:

  • amalga oşirilişi uçun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlarining röyxati;
  • ruxsat beriş tartib-taomillarining turlarining röyxati;