Belgiyadagi shaharda favvora ostidan birinchi merning yuragi solingan quti topildi

Belgiyaning Verve shahri markazidagi favvora ta'mirlanishi vaqtida uning ostida shaharning birinchi meri yuragi solingan quti topildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Yurak shaharning birinchi meri Per Davidga tegishli bo‘lgan. U Belgiya mustaqillikka erishgandan keyin Vervega rahbarlik qilgan.
Shu tariqa “shahar yuragida haqiqiy inson yuragi yotishi” haqidagi qadimiy afsona tasdiqlangan. Yurak alkogol solingan idishda saqlangan. Idish esa o‘z navbatida rux metallidan ishlangan qutiga joylashtirilgan.
Per David Vervega 1798 yildan o‘z o‘limigacha qadar – 1839 yilgacha rahbarlik qilgan. U shaharga turli tuzumlar vaqtida merlik qilgan, 1830 yildagi inqilobdan keyin esa shaharda osuda hayot kechishi uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshirgan. Jumladan, u shaharni o‘t o‘chirish jamoasi va maktab bilan ta'minlagan.
Per David 58 yoshida to‘satdan vafot etgan va mish-mishlarga qaraganda, mahalliy hokimiyat uning yuragini saqlab qolishga qaror qilgan. Tarixiy manbalarda ta'kidlanishicha, merning yuragi 44 yil davomida mahalliy hokimiyat binosida saqlangan. 1883 yilda esa uni shahar markazidagi favvora ostiga ko‘mishga qaror qilingan. O‘sha yildan favvora uning nomi bilan atala boshlangan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi

22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

07:36 / 29.07.2024