Litva hukumati chorshanba kuni Polshadagi amerikalik harbiylar rejalashtirilgan harbiy mashg‘ulotlar uchun ko‘chirilishini ma'lum qildi.
«Mashg‘ulotlar «mudofaaviy xarakterga ega va qo‘shnilarga, jumladan Belarusga qarshi qaratilmagan», deyiladi xabarda.
Ammo harbiylar rejalashtirilganidan oldinroq kelmoqda va ular ko‘proq vaqt Litvada qolishadi. Belarusdagi voqealardan oldin, iyun oyi oxirida va avgust oyi boshida Litva mudofaa vaziri Raymundas Karoblis AQSh kontingenti ikki hafta davomida mamlakatda bo‘lishini ma'lum qilgandi.
Endi esa noyabrgacha davom etishi aytilayotgan mashg‘ulotlarda amerikalik 500 nafar harbiy xizmatchi va 40ta maxsus texnika ishtirok etadi.















