Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit ekskavatorda piyodani urib ketdi
YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 3 sentabr kuni soat 11:05larda, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani hududidan o‘tgan 4R-127 “Marg‘ilon-Soybo‘yi-Mingbuloq” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan A.J. HYUNDAI rusumli ekskavatorni boshqarayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda, 1952 yilda tug‘ilgan X.S.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda, 68 yoshli X.S. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha fuqarolardan haydovchilik guvohnomasini olmay turib, transport vositasini boshqarmasliklarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini, piyodalardan esa qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

20:52 / 14.03.2025
Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali qurilishi USAID tomonidan moliyalashtirilgan – OAV

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024