«Kavasaki sindromi genetik kasallik bölib, u asosan 4-5 yoşgaça bölgan bolalarda uçraydi. Bu — juda ham kam uçraydigan katta va mayda qon tomirlar özgarişi, bola organizmining tizimli özgarişi bilan keçadigan kasallik.
Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi va qöşni Qozoğistonda ham bolalarda bu sindromga öxşaş holatlar kuzatilayotgani haqida ma'lumotlar bor. Özbekistonda bu kasallik uçramadi deyişimiz qiyin, balki bolalarda keçgan örta oğir turlarida bu kasallik belgilari öxşaş holatlar kuzatilgan böliş ehtimoli bor. Bizda bu sindrom uçradi deyişimiz uçun kasallik tasdiqlanişi kerak.
Bugungi kunda bu sindromga öxşaş holatlar aniq öz tasdiğini topmadi. Biroq bu bizda kuzatilmaydi ham degani emas, Kavasaki sindromiga öxşaş kasalliklar bolalarda kuzatilişi va köpayişi ham mumkin.
Bu sindromga öxşaş kasallik kelib çiqişida koronavirus ta'sirida bola organizmida keçadigan kuçli yalliğlaniş uning immun tizimi kuçayişi, qon-tomirlar ötkazuvçanligi buzilişini keltirib çiqaradi. Şuningdek, bolaning tana harorati 5 kun va undan ortiq 38 darajadan yuqori böladi,tanasida turli toşmalar toşişi kuzatiladi, qöllar kafti va tovonlar terisi köçişi kuzatilişi mumkin.
Bola organizmida keçayotgan jarayonni oğir yoki yengilligiga qarab bu belgilar kuzatiladi. Ota-onalar bolalarda şamollaş alomatlarini paydo bölişi bilan poliklinikalardagi oilaviy şifokor yoki pediatrga murojaat etişi lozim. Bu sindrom yurak miokardiga bölgan ta'siri sabab miokardit kasalligini keltirib çiqaradi, ba'zi hollarda bola organizmidagi kuçli immun reaksiya uning ölimi sababçisi bölib qolişi ham mumkin», dedi Sevara Ubaydullayeva.
















