Mavzu yuzasidan tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyev hisobot berdi.

Hokimning aytişiça, şu vaqtga qadar ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida davlat rahbarining 30 iyuldagi qaroriga asosan 1082 ta oilaga 1 mln sömdan bir martalik moddiy yordam körsatilgan.

Tumanda dastlabki örganişlar natijasi böyiça 4 596 ta kambağal oilalar röyxati şakllantirilib, «Temir daftar»ga kiritilgan. 660 tasi boquvçisini yöqotganligi, 860 tasi nogiron oila a'zolari bölganligi, 2 125 tasi işsiz, 138 tasi beş va undan köp bolali, 159 tasi uzoq muddatga xorijga ketib, daromad yubormaganligi va 654 tasi boşqa sabablarga köra kambağal ekanligi ma'lum bölgan.

Ma'lum bölişiça, 80ta oila davlat budjetidan ajratilgan moddiy yordamni olişni rad etgan.

«Uşbu oilalarning 550 nafar a'zosiga 121 mln söm mablağ tarqatilmagan va budjetga qaytarildi», – dedi tuman hokimi.

Ta'kidlanişiça, 67 ta yönalişda norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan 4092 nafar fuqaroning bandligi legallaştirilgan. 486 ta yuridik korxona va 604 ta YaTTlar yangidan taşkil etilgan. Şuningdek, joriy yil yakuniga qadar qiymati 389,3 mlrd söm bölgan 13 ta loyiha işga tuşişi natijasida 581 ta yangi böş iş örinlari yaratiladi. Budjetga qöşimça 8 mlrd sömdan ortiq soliq tuşiriş imkoniyati paydo böladi.

Sessiyada Oliy Majlis Senati a'zosi Farhod Boqiyev sözga çiqib, Past Darğom tuman bandlikka kömaklaşiş markazi mansabdor şaxslari tomonidan qonun me'yorlari buzilgani haqida gapirdi. Xususan, kambağal oila toifasiga kirmagan fuqarolarga issiqxona qurib berildi qabilida hujjatlar tayyorlangan. Jami 84 mln 240 ming söm subsidiya mablağlari bir qator MÇJlarga ötkazib yuborilgan.

Tuman hokimi uşbu holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani va aybdorlar qonun oldida javob berişini bildirdi. Mazkur holat xalq deputatlari tuman kengaşida ham muhokama etilgan.

Hokim, şuningdek, hozirgi kunga qadar xorijdan qaytgan 1029 nafar fuqaroning bandligi ta'minlanganini ma'lum qildi. Bundan taşqari, xorijdan qaytişi mumkin bölgan fuqarolarga 318 ta böş, 137 ta kvota iş örinlari zaxira qilib qöyilganini aytdi.

«Tumanda mehnat resurslari soni 191 206 tani, band aholi 137 712 nafarni, şundan rasmiy bandlar 70 220 nafarni, işsizlar esa 15 379 nafarni taşkil qiladi. Demak, tumanda işsizlik darajasi 10 foiz. Yil yakuniga qadar jami