Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamovaning ma'lum qilişiça, pandemiya şaroitida maktablar faoliyatini taşkil etişning vaqtinçalik tartibi belgilangan.

Unga köra, dars maşğulotlari ertalab 8.00dan keçki 17.30gaça davom etadi. Bolalar bir vaqtda töplanib qolişining oldini oliş maqsadida darslarning boşlanişi tabaqalaştirilgan holda amalga oşiriladi. Ya'ni:

  • 1-4 sinflar maktabga soat 8.00gaça;
  • 5-8 sinflar soat 8.30gaça;
  • 9-11 sinflar 9.00gaça darsga keladi.

Öquvçilar alohida eşiklardan ijtimoiy masofa ta'minlangan holda, tana haroratini ölçab maktabga kiritiladi.

“Darslar sinf tizimida olib boriladi. Ya'ni barça darslar bir sinf uçun bir xonada olib boriladi.

Boşlanğiç sinf öquvçilari sinf rahbarlari tomonidan maktabning asosiy darvozasi oldida kutib olinadi va kuzatiladi. Ota-onalarning maktabga kirişi taqiqlanadi.

Darslar oraliğidagi tanaffuslarda qönğiroqlar çalinmaydi. Sinfxonalar köçadagi havo haroratidan kelib çiqqan holda şamollatib boriladi”, deya Laylo Rustamovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.